Kontent qismiga oʻtish

Arab pishlogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arab pishlogʻi (arabcha: جبنة عربية) — Jibne Arabiya nomi bilan ham tanilgan, butun Yaqin Sharqda keng tarqalgan yumshoq oq pishloq. Bu ayniqsa Misr[1] va Fors koʻrfazi davlatlarida mashhur. Pishloq fetaga oʻxshash yumshoq taʼmga ega, ammo shoʻrligi past. Kelib chiqishi Isroil va Yaqin Sharqqa taqaladi. Badaviylar uni birinchi boʻlib echki yoki qoʻy sutidan tayyorlashgan, hozir sigir sutidan ham foydalaniladi.

Birlashgan Arab Amirliklarida jibne arabiye — sigir sutidan tayyorlangan yarim qattiq pishloqdir. Pishloq qattiq, ochiq tuzilishga ega va uning taʼmi juda mayin. U oʻzi ham, turli sabzavotlar va tuzlangan zaytun bilan birgalikda ham isteʼmol qilinadi. Jibne Arabiyaga, koʻpincha, tuxum qoʻshib tovada qovuriladi[2].

Taom sifatida qoʻllanishi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jibne arabiye ovqat pishirishda yoki oddiygina oshxona pishlogʻi sifatida ishlatiladi. Bundan tashqari, knafe[3] kabi pishloq solinadigan pishiriqlarning tarkibiy qismidir.

  1. „Jibneh Arabieh - Cheese.com“. cheese.com. 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  2. „Jibneh Arabieh | Local Cheese From United Arab Emirates“. www.tasteatlas.com. 2020-yil 6-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.
  3. „Galilee Dairy Uses 13th Century Recipe to Make Labane and Jibni“. Haaretz. 2021-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 2-noyabr.