Arab raqamlari
Arab raqamlari — oʻnta matematik belgi 0, 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9. Bu raqamlar bilan istalgan katta yoki kichik sonni yozish mumkin. Arablar Iroq, Misr va Suriyani istilo qilgunga qadar yunon alifbosiga asoslangan raqamlardan foydalanganlar. VI-asrdan boshlab arab alifbosi harflari bilan ifodalanuvchi raqamlar qyooʻlanilgan. Al-Xorazmiy Hindistonda kashf etilgan oʻn raqamdan iborat martabali sanoq tizimini oʻrgandi, soddalashtirdi, kengaytirdi va birinchi marta arab tilida bayon qildi. Al-Xorazmiy „Arifmetika“si bilan birga bu hind raqamlari arab dunyosiga kirib keldi. Xorazmiyning bu asari arabchadan lotinchaga tarjima qilinib, X-asrda Ispaniyaga, XII-asrda Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqaldi. Arab raqamlari hanuz jahonda shunday deb yuritiladi. Uni jahonga tarqatgan al-Xorazmiy ekani Abu Rayhon Beruniyning „Hindiston“ asarida ham aytib oʻtilgan.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |