Aralash ekinlar
Qiyofa
Aralash ekinlar- bir ekin maydonida bir vaqtning oʻzida yetishti-riladigan ikki va undan ortiq xil qishloq xoʻjaligi ekinlari. Aralash ekinlar dan bir turdagi ekinlarga qaraganda ancha yuqori hosil olinadi. Sugʻoriladigan dehqonchilik zonalarida koʻp yillik oʻsimliklarni, mas, bedani makkajoʻxori, suli, arpa bilan, bir yillik 598oʻsimliklarni, mas, javdarni burchoq, noʻxat bilan, arpani burchoq, noʻxat bilan ara-lash ekish eng koʻp tarqalgan. Bunday ekinlarni ekish muddatlari ekin turlari xususiyatlariga koʻra har xil buladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |