Kontent qismiga oʻtish

Aralash ta’lim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Blended learning (aralash oʻqitish). Axborot texnologiyalari taʼlimning turli yangi koʻrinishlarini taklif etmoqda, xususan keyingi vaqtlarda modulli taʼlim tizimida majmuaviy yondashuv tamoyili kuchayib bormoqda. Unda turli shakl, usullar moslashtirilgan holda joylashtirilishi aralash taʼlimning innovatsiya sifatida kirib kelishiga sabab boʻldi.

Deklan Bern „blended learning“ (aralash taʼlim) haqida shunday deydi – „ushbu taʼlim boy pedagogik tajribadan samarali foydalanishga qaratilgan“. Bunday yondashuv axborotni taqdim etishda turli uslubiyotlardan foydalanishni, taʼlimni tashkil etishda va taʼlim jarayonida axborot texnologiyalari, yakka tarzda va guruhlarda anʼanaviy faoliyatni tashkil etishga asoslanishi mumkin. Bunday turlicha yondashuv oʻquvchini charchatmaydi va oʻqishga boʻlgan motivlarini kuchaytiradi. Asosiy masala – tanlangan uslubiyotlarning oʻzaro mutanosibligini taʼminlash va kam xarajat asosida yuqori samaradorlikka erishish hisoblanadi.

Blended learning (Aralash taʼlim) tushunchasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aralash taʼlimda talabalarga universitetlarning masofaviy taʼlim tizimidan va oʻquv materiallaridan foydalanishga toʻliq ruxsat beriladi. Bu tizimda online kutubxonalar va manbalar mavjud boʻladi.

Talabalar bir qism nazorat ishlarini talabalar on-layn tizimida topshirishadi. Shuningdek, tizimda guruhli muloqotlar uyushtiriladi va tuli loyihalar amalga oshiriladi.

Blended learning modeli talabalarga quyidagi imkoniyatlarni beradi:

  • Online rejimida oʻquv materiali bilan hohlagan vaqtda tanishish.
  • Sinov testini topshirib bilimini sinash;
  • Nazorat testini topshirish;
  • Oʻtilgan mashgʻulotlarga mos qoʻshimcha manbalar bilan tanishish;
  • Audio va video yoʻzuvlardan, animatsiya va simulyatsiyalardan foydalanish;
  • E-maildan foydalanish va forumlarda ishtirok etish;
  • Maʼruzadan tashqari oʻqituvchi-talaba va talabalar oʻrtasida muloqot tashkil etish.
  • Anʼanaviy taʼlim elementlari ming yillardan beri mavjud, biroq aralash taʼlim paydo boʻlganiga hali 10 yilcha ham boʻlgani yoʻq. Shu sababli bu taʼlim turlarini aralash tarzda olib borish maqsadga muvofiq.

Aralash taʼlim modeli

  • -on-line rejimida oʻquv materiali bilan hohlagan vaqtda tanishish.
  • -Sinov testini topshirib bilimini sinash;
  • -Nazorat testini topshirish;
  • -Oʻtilgan mashgʻulotlarga mos qoʻshimcha manbalar bilan tanishish;
  • -Audio va video yoʻzuvlardan, animatsiya va simulyatsiyalardan foydalanish;
  • -E-mail dan foydalanish va forumlarda ishtirok etish;
  • -Maʼruzadan tashqari oʻqituvchi-talaba va talabalar oʻrtasida muloqot tashkil etish.

Anʼanaviy taʼlim elementlari ming yillardan beri mavjud, biroq aralash taʼlim paydo boʻlganiga hali 10 yilcha ham boʻlgani yoʻq. Shu sababli bu taʼlim turlarini aralash tarzda olib borish maqsadga muvofiq.

Anʼanaviy, elektron va aralash taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anʼanaviy taʼlim modeli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • -Oʻquv yili (semestri) boshida dars jadvallari belgilanadi, fanlar boʻyicha kirish darslari oʻtiladi.
  • -Bunda talabalarga fanning tuzilishi, nazorat tizimi, adabiy manbalar va uslubiy maslahatlar beriladi.
  • -Semestr davomida maʼruza, amaliy mashgʻulotlar, laboratoriya mashgʻulotlari, kurs va diplom ishlari, referatlar, nazorat ishlari shaklida mash’ulotlar boʻladi.
  • -Semestr oxirida oʻzlashtirilgan bilimlar baholanadi.
Bunday oʻqish usuli dastlabki oliy taʼlimni olayotgan yosh talabalarga juda mos keladi. Lekin, bu usul, kun boʻyi ishda boʻladigan, universitetga kelishga imkoni mavjud boʻlmagan, katta yoshli, qoʻshimcha taʼlim olishni hohlovchi va malakasini oshiruvchi, uzoq masofada yashovchi, sirtdan oʻqishni hohlaydigan talabalar uchun biroz noqulay hisoblanadi.

Elektron taʼlim modeli

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Internet paydo boʻlishi bilan sirtqi taʼlim elektron koʻrinishga oʻtdi. Bunday tizimda talaba toʻliq Internet orqali oʻqiydi. Talaba deyarli universitetga kelmaydi, faqat yakunida baho olish uchun keladi. Bunday oʻqish modeli katta yoshli, uzoq masofadan kelgan talabalar uchun juda qulay. Elektron taʼlimning anʼanaviy taʼlimdan farqli jihatlari quyidagilar:
  • -Talabaga kamroq tushuntiriladi, talaba koʻproq mustaqil shugʻullanadi;
  • -Oʻqituvchi va boshqa talabalar bilan muloqot cheklanmagan boʻladi.
  • -Asosiy muloqot vositalari – chat, forum va elektron pochta. Shuningdek, „virtual electron sinf“ ham mavjud.
  • -Oʻqituvchi maʼruza oʻqishi, virtual seminarlar oʻtkazishi mumkin.
  • -Guruhli mashgʻulotlarga jiddiy eʼtibor qaratiladi, chunki talaba oʻzini kompyuterga mixlangandek his qilmasligi va hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini egallashi kerak.
  • -Fan materiallari interfaol shaklda: matn, audio, video shaklida beriladi, bu materiallar turli rasmlar, grafiklar, sxemalar, animatsiyalar, simulyatsiyalar, fotolar, manbalarga havolalar bilan toʻldiriladi;
  • -Talabalarning bilimlari test topshirish, guruhli loyihalar ishlash, esse yozish, maʼruza va referatlar yozish, nazorat ishlarini bajarish kabi shakllarda nazorat qilinadi;
  • -Maʼlumot almashish tizimi – fayl joʻnatish va qabul qilish shaklida boʻladi. Oʻqituvchiga joʻnatilgan maʼlumotlar yaxshilab tekshirilgandan soʻng, shaxsiy mulohazalar, tavsiyalar yoki baho shaklida qaytariladi.
Elektron oʻquv modeli ancha moslashuvchan hisoblanadi. Transport, vaqt, joy muammolari deyarli yoʻq. Oʻquv materiali oʻta aniq tuzilgan boʻladi (chunki talaba mustaqil ravishda oʻzi shugʻullanadi). Agar topshiriqlar belgilangan muddatgacha topshirilmasa talaba oʻqishdan haydaladi. Oʻzini oʻzi nazorat qilish vaoʻz ishini tashkil qilish koʻnikmalari juda muhim. Asosan katta yoshlilar uchun tavsiya etiladi.

Aralash taʼlim modeli (Blended learning)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Talaba yosh boʻlsa demak, uni oddiy usulda oʻqitish kerak, degan fikr notoʻgʻri, albatta. Avstraliyalik ish beruvchilar on-line va blended-learning usulida taʼlim olgan talabalarni koʻproq ishga olishar ekan. Chunki ular, nafaqat kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishar ekan, balki ularda mustaqil shugʻullanish va hamkorlikda ishlash koʻnikmalari kuchli rivojlangan boʻlar ekan. Shu sababli, baʼzi AQSh va Yevropa davlatlarida maktab va kollejlarni blended-learning tizimiga oʻtkazishga qiziqish tobora ortmoqda. Uning oʻziga xosliklari quyidagicha.
Maʼruza mashgʻulotlari. Mashgʻulotlar uchun materiallar toʻliq boʻladi, slaydlar ham boʻladi, chunki talabaning mustaqil shugʻullanishi uchun yetarli darajada taʼminlanishi zarur.

Seminar mashgʻulotlari (face-to-face sessions). Ular maʼruzalarga qoʻshib olib borilishi mumkin. Seminar mashgʻulotlari eng qiziqarli, munozalarlarga boy mavzularni oʻzlashtirishda va amaliy koʻnikmalarni shakllantirishda qoʻllanadi.

Fanning oʻquv materiallari (darslik va uslubiy qoʻllanmalar). Ular ham qogʻoz, ham electron shaklda mavjud boʻladi. Elektron shakli qogʻoz shakliga qaraganda mazmuni ancha boy, qiziqarli va oʻzlashtirishga qulay boʻladi.

On-line muloqot. Bu yangi turdagi muloqot hisoblanadi. Ular odatda chat, forum, e-mail shaklida boʻladi. Ular orqali talabalar oʻzaro muloqot qilishadi va hamkorlikda ishlashadi. Oʻqituvchiga hohlagan vaqtda savol berish va qisqa muddatlarda javob olish imkoni boʻladi. Bilim olishda boshqa talabalar bilan maslahatlashib ishlash juda katta yutuqlarga olib keladi.

Yakka tartibdagi va guruhli on-line loyihalar. Bunday loyihalar Internetda ishlash, turli manbalardagi axborotlarni tahlil qilish, guruh bilan kelishib ishlash, vazifalarni bajarish boʻyicha mas’uliyat va vazifalarni birgalikda taqsimlash koʻnikmalarini shakllantiradi (collaboration). Hozirgi vaqtda koʻpchilik Yevropa kompaniyalari collaboration usulidan kundalik faoliyatida keng foydalanishadi. Virtual sinf xonasi. Bunda turli Internet aloqa vositalari yordamida, shuningdek, talabalar bevosita jismoniy tarzda oʻqituvchi bilan yoki oʻzaro ushrashishi, muloqot qilishi mumkin. Bu talabalarga muayyan erkinlik beradi. Audio va video maʼruzalar, animatsiya va simulyatsiyalar. Bular aralash taʼlimni yanada oddiy, boy va qiziqarli qiladi.

Yuqorida keltirilgan maʼlumotlar, blended learningning oʻta moslashuvchan tizim ekanligini koʻrsatmoqda. Demak, talaba 2-sentabrda darsga kelib oʻqituvchi bilan koʻrishadi va fanning kirish darsida maʼlumotlarni electron shaklda oladi. Adabiyotlar roʻyxati oʻrniga web-sayt manzilini hamda login va parollarni oladi.

Maʼruza darsida maʼlumotlar qisqa beriladi va havola etilgan manbalarda juda koʻplab qiziqarli materiallar, sinov va imtixonlarni topshirish uchun zarur topshiriqlar boʻladi. Maʼruzalar asosan PowerPoint taqdimotlari shaklida boʻladi.

Darslarning bir qismi on-line rejimida boʻladi. Bunday materiallarni talabalar yakka tartibda mustaqil yoki guruh boʻlib oʻzlari oʻzlashtirishlari zarur boʻladi. On-line darslar savol-javob tarzida boʻlishi mumkin. Ishlangan maʼlumotlar oʻqituvchiga fayl tarzida yuboriladi va oʻqituvchi tomonidan baholanib qaytariladi. Muddatidan kechikkan ishlarni oʻqituvchi qabul qilmaslikka haqlidir. Nazorat ishlari oʻqituvchi nazorati ostida ham oʻtkazilishi mumkin. Yakuniy imtixonlar sinfda oʻtkaziladi.

Xullas, blended learning talabalarni oʻz faoliyatini tashkil qilishga oʻrgatadi.

„Faol talaba“ tushunchasi va oʻzlashtirishni baholash

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faol talaba (Active Student) tushunchasi blended learning tuzilmasining eng zarur elementi hisoblanadi. Hozirda bunday atama bilan Yevropada blended learning tizimida oʻqiydigan talabalarni atashadi. Bunday modellarda oʻqiydigan talabaning faoliyati taxminan 50% mustaqil ishdan (materialni oʻzlashtirish, forum va chatlarda ishlash, e-mail orqali muloqot va hokazo) iborat boʻladi.

Anʼanaviy taʼlimda talabani oʻqitishadi, blended learningda esa – oʻqishga oʻrgatishadi, mustaqil faoliyatini tashkil qilishadi.

Anʼanaviy taʼlimda markazda – oʻqutuvchi (teacher-centered), blended learningda esa – talaba (student-centered) markazda boʻladi. Bunda talaba koʻp ishlaydi va muvaffaqiyatlari uning oʻziga bogʻliq. Talaba oʻquv jarayoniga tuzatish kiritishi va oʻzgartirishi ham mumkin.

Oʻzlashtirishni baholash eng eʼtibor qaratiladigan qism hisoblanadi. Chunki, yaxshi bahol olish – asosiy maqsad sanaladi. Oʻqituvchilar uchun bu koʻrsatkich talabalarning qanchalik rivojlanganligini anglatadi. Anʼanaviy taʼlimdan farqli ravishda blended learningda nazorat biroz boshqacharoq boʻladi. Eng avvalo ish guruhli tarzda bajariladi, on-line muloqotlar juda koʻp boʻladi. Guruhning umumkiy bahosi barcha talabalarning baholarining yigʻindisiga teng. Bunda har bir talabaning forumdagi ishtiroki haqidagi hisobot inobatga olinadi. Oʻqituvchi talabadan oʻzining forumga tegishli e-mail maʼlumotlari nusxasini yuborishni soʻrashi mumkin. Loyiha ikki qismdan iborat boʻlishi mumkin: yakka va guruh boʻlib bajariladigan. Guruh ballari talabalarga forumdagi ishtirokiga qarab boʻlinadi.

Har bir oʻqituvchi oʻz bilganicha yakka ishlash va guruh boʻlib ishlash boʻyicha 100 ballik tizimda baholarni qoʻyadi.

Oʻqituvchining baholari on-line tizimida barchaga ochiq koʻrinadi. Biroq, kompyuter baho qoʻyganda xatoliklar boʻlib turadi. Kompyuter nazoratidan oʻrgatuvchi dasturlarda va joriy nazoratlarda test va fill-in-blank , ob’ektlarni saralash, oʻyin va hokazo usullarida foydalaniladi.

Blended learningdagi oʻquv materiallari turlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blended learning usulida turli texnologiyalar va vositalar axborotning oʻquv materialiga kiritilishiga yordam beradi. Internet esa har bir elementning oʻz oʻrnida ishlatilishiga imkon beradi. Talaba maʼlumotlarni hohlasa kitobdan, hohlasa Internetdan oʻzi uchun qulay vaqtda, joyda oʻqishi mumkin. Video-maʼruzalar passiv, oʻqish esa – faol jarayon hisoblanadi. Asosiy matnga qoʻshimcha qilib turli maqolalar, hisobotlar ilova qilinishi mumkin. Baʼzan talabalardan axborotni oʻzlari izlashlari talab etiladi. Agar ular mos axborotni topa olishmasa, oʻqituvchining oʻzi axborotlarni web-saytiga joylab qoʻyadi. Matnlar HTML, DOC, AVI, MP3 formatlarida berilishi ham mumkin.

Rasmlardan matnlarni qulay va mantiqli boʻlish uchun foydalaniladi. Biroq, rasmlar qoʻllanilganda, axborotni yuklash muammosi paydo boʻladi. Shu sababli, ular Internetga yuklash qulay boʻlgan formatlarda chop etiladi (JPEG, GIF va hokazo)

Aralash taʼlimda talabalarni qiziqtirishi uchun maʼlumotlar aniq strukturaga ega boʻladi. Har bir mashgʻulot 3 qismdan – dastlabki, hozirgi va keying bosqichlar iborat boʻladi.

"Hozirgi" bosqichi bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va hokazo). Bu jarayonda oʻqituvchi talabalarning berilgan mavzu boʻyicha savollarini va izohlarini kuzatib boradi.
Bu bosqichda oʻqituvchi hohlasa maʼruza shaklida maʼlumotlarni bayon qilib berishi ham mumkin.
Talaba „hozirgi“ bosqichga tayyor boʻlishi uchun u oldingi darsning materialini toʻliq oʻzlashtirgan boʻlishi mumkin. Dars yakunida materiallar testlar, savollar va amaliy masalalar yordamida mustahkamlanadi.

"Dastlabki" bosqichda talaba oʻqituvchi yoki boshqa talabalar bilan birgalikda muloqotga, darsga tayyorlanadi. Buning uchun oʻqituvchi albatta biror topshiriq berishi zarur. Shunday qilinsa dars vaqtida ortiqcha takrorlanishlar boʻlmaydi va dars samarali boʻladi. Shunda talabalar dars vaqtida faqat maʼlumot olibgina qolmasdan, murakkab masalalarni yaxshi tushunib oladi.

"Keyingi" bosqichda i bevosita muloqot qilinadi (seminar, forum va hokazo). Bu jarayonda oʻqituvchi talaba dars materialini mustahkamlaydi (test, uy ishi va hokazo). Oʻqituvchi avval talabalarning savollariga javob beradi va keyin bajarilgan ishlargi izoh beradi. Bunda u talabalarni keying mavzuga qiziqtirib yoʻnaltiradi.

Shunday qilib, bu bosqichlar har bir darsda takrorlanadi. Talabalar shunday yoʻl bilan ortiqcha muhokamalarga, keraksiz va oldindan maʼlum materiallarni takror tinglashga vaqtlarini ketkazmasdan darslarda amaliy ish, muloqot, loyihalarni ishlash uchun koʻproq vaqt toʻplashadi. Maʼlumotni ajrata bilish, mustaqil ishlash, nazariy bilimlarni amalda qoʻllay olish kabi koʻnikmalarni orttirishadi.