Aralash yem
Aralash yem — ilmiy asoslan-gan reseptlar boʻyicha maydalangan tur-li ozuqalardan tayyorlangan aralashma. Aralash yem har xil yoshdagi chorva mollari va parrandalar uchun zavod hamda chorvachilik xoʻjaliklarida tayyorlanadi. Yemga aminokislotalar, mikroelementlar, antibiotik va vitaminlarga boy moddalar qoʻshilib, uning umumiy biologik qimmati ancha oshiriladi. Aralash yemning 3 turi ishlab chiqariladi: toʻla ratsionli Aralash yem (tarkibidaxay-vonlar uchun zarur boʻlgan barcha ozuqa moddalar boʻladi va qoʻshimcha ozuqa qoʻshilmay yediriladi); konsentratli Aralash yem (ratsionda yetarli boʻlmagan asosiy ozuqa mod-dalar oʻrnini qoplash uchun qoʻshimcha sifatida berila-di); muvozanatlovchi Aralash yem (vitamin-oqsilli, vitamin-oqsil-mineralli, shuningdek, mikrobiolo-giya sanoatida sunʼiy olinadigan va yemlarning toʻyimliligini oshirishda qoʻllaniladigan biologik faol moddalar aralash-malari — boyituvchi aralashmalar). Tula ratsionli Aralash yem hayvonlarning barcha toʻyimli moddalarga boʻlgan tala-bini qondirishi lozim. Shunday Aralash yem parrandalar, choʻchqalar va yosh buzoqlar uchun tayyorlanib, yagona ozuqa sifatida yediriladi. Konsentratli Aralash yem xoʻjaliklarda mavjud boʻlgan shirali, dagʻal va don ozuqalariga qoʻshimcha sifatida beriladi. Aralash yem tayyorlash uchun gʻalla va dukkak-li ekinlar donlari — makkajoʻxori, oq joʻxori, arpa, suli, bugʻ-doy, javdar, mosh va boshqalardan foydalaniladi. Muboshir Musayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |