Araliyadoshlar
Araliyadoshlar (Araliaceae) — yopiq urugʻli oʻsimliklarning ikkipal-lalilar sinfiga mansub oila. 65 turku-mi (800 ga yaqin turi) bor. Asosan Shimoliy Amerika, Janubi-sharqiy Osiyo va Avstra-liyada tarqalgan. Ular ichida oʻt, buta va hatto kichikroq daraxt shaklidagilari ham bor. Gullari toʻgʻri (aktinomorf), soyabon, boshcha yoki boshoqlarga toʻplangan. Baʼzi turlari, mas, araliya, plyushch xushmanza-ra oʻsimlik sifatida ekiladi, baʼzilari, mas, jenshen dorivordir. Araliya (Aralia) oiladagi yirik turkum boʻlib, u 35 toʻrni oʻz ichiga oladi. A. turlari aso-san Osiyoning janubi-sharqidagi tropik va subtropik yerlarda oʻsadi. Oʻzbekistonda ham oʻstiriladi. Uning il-dizida sapo-nin, efir moyi va boshqa birikmalar boʻlib, nastoykasi organizm tonusini koʻtarish uchun qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |