Kontent qismiga oʻtish

Ararat shahri, Armaniston

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Ararat, Armanistondan yoʻnaltirildi)

Ararat (armancha: Արարատ) — Armanistonning Ararat viloyatidagi munisipal shahri, Yerevan — Naxchivan shossesida, poytaxt Yerevandan 42 km (26 mi) janubi-sharqda va Artashat markaziy viloyatidan 19 km (12 mi) janubda joylashgan. 2011-yilgi aholini roʻyxatga olishda shahar aholisi 20,235 kishi edi. 2016-yilgi rasmiy hisob-kitoblarga koʻra, aholi soni 20,300 atrofida boʻlgan.

Shahar rasmiy ravishda, 1947-yilda Ararat(ivritcha: אֲרָרָט) yaqinidagi Injil togʻlari sharafiga nomlangan[1].

Ararat shahrining poydevori barpo etilishi 1927-yilda Sovet Armanistonida, ishchilarni joylashtirish uchun bir nechta turar-joy binolari qurilishi bilan boshlangan. 1930-yilda aholi punkti rasmiy ravishda ishchilar turar joyi sifatida tashkil etilgan boʻlsa-da, sement zavodi 1933-yilda birinchi mahsulotini yetkazib beradi. 1935-yilda aholi punkti atrofdagi qishloqlarni qoʻshib kengaytiriladi. 1947-yilga kelib, u yaqin atrofdagi Injil togʻlari sharafiga Ararat nomini oladi. [2]

Bir nechta sanoat korxonalarining tashkil etilishi bilan Ararat Armaniston SSRning yirik sanoat markazi sifatida rivojlanib, shahar tipidagi aholi punktiga aylanib boradi. Tez oʻsishi va aholining bosqichma-bosqich koʻpayishi tufayli Araratga 1962-yilda shahar maqomi berildi. 1972-yilda respublikaga boʻysunuvchi shaharga aylandi. 

Armaniston mustaqillikka erishgach, Armanistonning 1995-yildagi maʼmuriy boʻlinishlar toʻgʻrisidagi qonuniga binoan, Ararat Armaniston SSRning Masis, Artashat va Ararat rayonlarini birlashtirish natijasida tashkil topgan Ararat viloyati tarkibiga kirdi.

Geografiya va iqlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Araratning shimolida va sharqidagi Urts togʻlari

Ararat hozirgi Armanistonning markaziy qismining sharqida, atigi 7 km sharq tomonda Araks daryosining Armaniston-Turkiya chegarasida joylashgan boʻlib, Ararat tekisligining janubi-sharqiy qismini egallaydi. Tarixan shaharning hozirgi hududi Qadimgi Armanistonning Ayrarat provinsiyasidagi Vostan Hayots kantonining bir qismi boʻlgan.

Dengiz sathidan taxminan 825 metr yuqorida joylashgan shahar shimoli-gʻarb tomondan Avshar qishloqlari bilan, gʻarb va janub tomondan Ararat togʻlari bilan oʻralgan. Shaharning shimoli-sharqiy tomonida Grovan qumliklari joylashgan boʻlsa, sharq va shimol tarafdan Urts togʻlari hukmronlik qiladi.

Shahar odatda oʻta quruq iqlimi, yogʻingarchilik darajasi past joy sifatida ifodalanadi. Qishlari sovuq va qorli, harorat −15 dan −30 °C gacha yetadi. Yoz uzoq va issiq boʻladi.


Sement changi ko'payishi va oltin ishlab chiqarish zavodidan sianid chiqindilari chiqishi tufayli shahar ekologiyasi xavf ostida. 2005-yilning yozida, shahar atmosferasining iflosligi normadan 9,6 baravar ko'p ekanligi qayd etildi. 

Araratdagi Ikkinchi jahon urushi yodgorligi
Markaziy xiyobondagi Vazgen Sarkisyan haykali

Araratda shahar hokimiyati yaqinidagi markaziy maydonda madaniyat saroyi joylashgan. Shuningdek, shaharchada rassomlik akademiyasi, sport maktabi va yoshlar ijodiyoti markazi kabi binolar joylashgan.

2009-yil 16-sentabrda Araratning markaziy maydonida sparapet Vazgen Sarkisyan haykali oʻrnatilgan.

Ararat M-2 trassasining poytaxt Yerevanni janubiy Armaniyaning Eron bilan chegaradosh qismini bogʻlovchi asosiy nuqtalaridan biridir.

Shaharda Yerevan hamda Yerasx shaharlarini bogʻlashga xizmat qiluvchi temir yoʻl stansiyasi mavjud. U sovet davrida Yerevanni Naxchivan avtonom respublikasi bilan bogʻlab turgan.

Ararat shahrida ikkita asosiy sanoat zavodlari mavjud: 1927-yilda tashkil topgan Ararat sement zavodi hamda 1970-yildan buyon ishlayotgan „Geopromining Gold“ oltinni qayta ishlash zavodi. Boshqa sanoat obyektlari ichiga 1932-yilda Avshar qishlogʻi yaqinida ochilgan „AKZ Ararat Cognac Factory“ konyak va vino zavodlari kiradi.

2016-yilgi maʼlumotga koʻra, Ararat shahrida 4 ta davlat taʼlim maktablari mavjud. Shuningdek, shahar oʻzining tibbiy markazi, bir necha sanʼat va sport maktablariga ega.

Xalqaro munosabatlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Egizak shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ararat bilan birodarlashgan shahar:

  • Bussy-Saint-Jorj, 2009-yil 7-avgustdan buyon aloqada[3].
  1. Frymer, Tikva S. „Ararat, Armenia“, . Encyclopaedia Judaica, 2nd, 2008.  view online (Wayback Machine saytida 2016-05-12 sanasida arxivlangan)
  2. „Armenian settlements dictionary“. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-aprel.
  3. „Armtown.com“. 2011-yil 16-iyulda asl nusxadan arxivlangan.