Kontent qismiga oʻtish

Artashat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Artashat — Armanistondagi shahar, Araks daryosi boʻyida. Temir yoʻl stansiyasi. Yerevan-Julfa avtomobil yoʻli yoqasida. Aholisi 32,3 ming kishi (1989). Vino va konserva tayyorlash, yengil, yogʻochsozlik, mashinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalari bor. Uzum yetishtiriladigan rayonning (shu jumladan qimmatli va noyob navlari) markazi. Qadimdan hunarmandchilik rivojlangan. Artashatda birinchi arman teatri qurilgan. Artashat yaqinida qadimgi Armaniston poytaxti harobalari saqlangan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil