Arat Rashit Rahmati
Arat Rashit Rahmati — (1900, Tatariston, Eski Ujum — 1964, Istanbul) turkolog, matnshunos, filologiya fanlari doktori (1927-y), dotsent.
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi Abdurashid Ismatulloh mjudarris boʻlgani uchun, Arat Rashit Rahmati maktabda arab, fors va rus tillarini oʻrgangan. 1922-yil Berlin universitetining falsafa fakultetiga kirgan. 1927-yil doktor, soʻng Berlin universiteti dotsenti unvonini olgan. 1933-yildan Istanbul universiteti adabiyot fakultetining turk tili va adabiyoti kafedrasi professori, 1940—1950-yillarda Turkiy tadqiqotlar instituti mudiri. Qiyosiy turkologiya boʻyicha tadqiqotlar tashabbuskori, Turk madaniyatini tadqiq etish institutining asoschilaridan biri.
Asarlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Arat Rashit Rahmati 200dan ziyod ilmiy asarlar muallifi. Turk tilining tarixiy grammatikasi, eski uygʻur tili, „Qutadgʻu bilik“, „Hibatul-haqoyiq“ yodgorliklarini oʻrgangan. „Boburnoma“ni usmonli turk tiliga tarjima qilgan[1].
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Babur va Yazisi. Anqara, „Turk madaniyati“, 1964;
S.Chigʻatoy. R. R. Arat asarlarining toʻliq roʻyxati. „Turk tili qurumi byulleteni“, 29-jild, 188—193-betlar.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ «Bobur ensiklopediyasi». Toshkent: «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi [2014].
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |