Aravakash (qovun navi)
Qiyofa
Aravakash — oʻrtapishar qovun navi. Shakli choʻzinchoq-tuxumsimon, yi-rik, uz. 40-50 sm, ogʻirligi 8-17 kg, poʻsti qalinligi oʻrtacha. Sirti tekis, yop-pasiga mayda va noziq toʻr bilan qoplangan. Eti oq, qalinligi 5-6 sm, sershira, shirin, tarkibida 10% gacha qand bor. Urugʻxonasi katta, urugʻi oʻrtacha, rangi sariq. Urugʻi eqilganidan keyin 95- 100 kunda hosili pishadi. Hosildorligi 300 — 350 s/ga, yuqori agrotexnikada 500 — 600 s/ga ga boradi. Bu nav ilgari Toshkent vohasida koʻp eqilgan. Oʻzbekiston oʻsimlikshunoslik institutida K. I. Pan-galo tomonidan takomillashtirilgan populyatsiyasi Toshkent viloyati uchun rayonlashtirilgan (yana qarang Hovun).
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |