Aravasozlik
Qiyofa
Aravasozlik — arava yasash kas-bi; duradgorlikning qadimdan keng tarqalgan tarmogʻi. Arava qattiq, pishiq yogʻochdan yasalgan. Aravasoz usta avva-lo yogʻoch tanlagan. Oʻzbekistonda aravaning gʻildirak gardishi, gupchagi, oʻqi va gardish bilan gupchakni birlashtiruvchi yogʻochlar qayragʻochdan tayyorlangan, ayniqsa gupchak qayragʻochning chayir qismidan yasalgan, baʼzan arava oʻqi va shotisiga olma daraxti yogʻochidan foyda-lanilgan. Arava tanasi — shotisi va yuk qoʻyiladigan qismini hamma duradgorlar yasay olgan. Aravaning gupchagi, xu-susan gʻildiragini yasash ancha murakkab va qiyin ish boʻlib, u bir muncha malaka talab qilgan. Shahar va qishloklarda aravalar oʻrnini avtomobillar va trak-torlar egallagach, A.ka ehtiyoj kamaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |