Kontent qismiga oʻtish

Arbob

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arbob (arab.– xoʻjayin, ega soʻzining koʻpligi) – 1) ijtimoiy-siyosiy va boshqa faoliyati bilan xalqqa tanilgan, el orasida obroʻ qozongan mashhur shaxslar – jamoat va davlat arboblari (masalan, Alisher Navoiy); 2) fan va sanʼatda oʻz ijodiy mehnatlari bilan tanilgan shaxslar – fan va sanʼat arboblari (masalan, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arboblari – T. N. Qori-Niyoziy, O. Sodiqov, S. Yunusov, I. Moʻminov; Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arboblari – Nabi Gʻaniyev va hokazo). Oʻzbek amaliy sanʼatida ajoyib asarlari bilan mashhur boʻlgan talantli ustalar ham arboblar deb atalgan. Masalan, xorazmlik taniqli meʼmor, oʻymakor, naqqosh usta Roʻzimat Masharipov xalq orasida arbob nomi bilan mashhur boʻlgan; 3) boshliq, rahbar, qishloq oqsoqoli; 4) 18-asr oʻrtasi – 20-asr boshlarida Buxoro amirligida qishloq miroblarining boshligʻi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil