Arcade (qo'shiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Arcade“
Duncan Lawrence qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 7.3.2019
Janr Pop
Davomiyligi 185 sek
Matn muallif(lar)i Duncan Lawrence, Joel Xe

Arcade“ – Tel-Avivda (Isroil) boʻlib oʻtgan Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovida Niderlandiya mamlakati nomidan ishtirok etgan, gollandiyalik qoʻshiqchi Duncan Lawrencening ingliz tilidagi qoʻshigʻi[1]. 2019-yil 7-martda qoʻshiq raqamli formatda chiqarilgan[2].

Qoʻshiq Duncan Lawrence, Joel Xe, Wouter Hardy va Will Knox tomonidan yozilgan. Tanlov uchun qoʻshiqlarning toʻliq roʻyxati eʼlon qilingandan soʻng, „Arcade“ chinakamiga favoritga aylandi va tanlov oxirigacha shunday boʻlib qoldi[3].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Intervyularning birida Lawrence: „Tilburgdagi Rok akademiyasida oʻqiyotganimda, men katta auditoriyaga qanday yuzlanishni oʻrgandim. Menga taʼsir qilgan, oʻzim yoki boshqa birov uchun nimanidir anglatuvchi hikoyalarni qidirdim va sevimli insoni yoshligida olamdan oʻtgan bir sevgan insonning hikoyasidan ilhomlandim. Qoʻshiq soʻzlari va akkordlarini chin yurakdan yozganman. Joel Xe va Wouter Hardy yordamida biz Arcade hikoyasini yaratdik. Arcade – bu bir umrlik sevgingizni topish haqidagi hikoya. Soʻz, erishib boʻlmaydigandek tuyulgan narsaga erishishga umid qilish haqida boradi. Men Arcadeni yozganimdan soʻng juda koʻp qoʻshiqlar yozdim, lekin Arcade orqali insonlarning yuragiga, qoʻshiqlarim orqali kirib borishim mumkinligini sezdim“[4] deb aytgan.

Eurovision qoʻshiq tanlovi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gollandiyalik teleboshlovchi Duncan Lawrenceni tanlaganidan soʻng, ushbu qoʻshiq Eurovision 2019 qoʻshiq tanlovida Niderlandiya nomidan ishtirok etish uchun tanlangan. 2019-yilning 28-yanvarida har bir davlat, ikki yarim finaldan biriga yoʻl olishi uchun maxsus qur’a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi. Niderlandiya 2019-yil 16-may kuni boʻlib oʻtgan ikkinchi yarim finalga yoʻl oldi va shouning ikkinchi yarmida chiqishi rejalashtirilgan. Lawrence yarim finalda 12-oʻrinni egallab finalga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi va 498 ochko bilan finalda gʻalaba qozongan[5].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Duncan Laurence takes 'Arcade' to Eurovision for The Netherlands“. eurovision.tv (2019-yil 7-mart). 2019-yil 28-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 8-mart.
  2. „Arcade - Single by Duncan Laurence“. Apple Music. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  3. „The Netherlands: Duncan Laurence Now Favourite to Win Eurovision 2019“. eurovoix.com (2019-yil 9-mart). 2020-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-mart.
  4. „Arcade! Duncan Laurence's Eurovision 2019 song for the Netherlands is visceral and profound“. Wiwibloggs (2019-yil 7-mart). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  5. „Second Semi-Final: Last 10 acts qualify for Eurovision 2019 Grand Final“. Eurovision.tv (2019-yil 16-may). 2019-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-may.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]