Kontent qismiga oʻtish

Archa koʻmir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Archa koʻmir – archa daraxtidan tayyorlangan yoqilgʻi. Bunda archa gʻoʻlalar koʻralarga solib kuydiriladi. U choʻgʻ holiga kelganda koʻra ogʻzi somonli loy bilan suvalib, 10-15 kun shu holda saqlanadi (qarang Lista kumir). Archa koʻmirdan asosan hunarmandchilikda temirchilar, miskarlar va zargarlar turli xil asboblar yasashda foydalanadilar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil