Ardasher binni Sheruya
Qiyofa
Ardasher binni Sheruya – Eronda hukmronlik qilgan sosoniy podshoh. Otasi Sheruya vafot etganida balogʻat yoshidagi valiahd shahzoda yoʻqligi sababli Ardasher podshoh, Xusrav Parvizning xonsolori (dasturxonchisi) Mehrijis unga vazir etib tayinlanadi. Xusrav Parvizning nufuzli ayoni Shahrirod Ardasherga qarshi chiqib, shoh va uning vaziri Mehrijisni qatl etib, Madoyinda taxtga oʻtiradi. Ardasher bir yil-u olti oy podshohlik qilgani aytilgan. Ardasher haqida “Tarixi muluki Ajam” hamda “Saddi Iskandariy”ning 14-bobida maʼlumot berilgan.
Yana Ardasher erdi tifle najand,
Ki boʻldi maqomi sariri baland.
Biyik taxtdin charxi bevahmu bok
Quyi tashlab, ul tifl boʻldi halok.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |