Kontent qismiga oʻtish

Argʻay oʻt

Vikipediya, erkin ensiklopediya


Argʻay oʻt (moʻgʻulcha argʻa — al-dash, turkcha — oʻt, olov) — turk-moʻgʻul qabilalari harbiy sanʼatida qoʻllangan usullardan birining nomi. Dushmanni chalgʻitish maqsadida qoʻshin miqdorini boʻrttirib, koʻpaytirib koʻrsatish uchun odatda oz sonli qoʻshin qoʻmondoni har bir jangchisiga tunda bir qancha yerda gulxan, mash’al yoqishni buyurgan. Mas, Mirzo Ulugʻbek 1425-yil Moʻgʻulistonga qilgan yurishi chogʻida qoʻshin miqdori haqida dushman notoʻgʻri tasavvurga ega boʻlishi uchun har bir jangchisiga tunda besh yerda gulxan yoqishni amr qilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil