Argʻunshoh Axtachi Burdaligʻiy
Argʻunshoh Axtachi Burdaligʻiy (14-asr 2-yarmi — 15-asr boshi) — Amir Te-mur lashkarboshilaridan. Amir Temurning amir Husayn bilan qilgan janglarida faol qatnashgan, Movarounnahrni dush-manlardan tozalashda jasorat va shijoat koʻrsatgan. Amir Temurning koʻp harbiy yurishlarida qatnashgan. Hindiston yurishi (1398-99) va „etti yillik yurish“ (1399-1404) yillari A. bir necha amirlar bilan birga „moʻgʻul sarha-dining zabti“ uchun qoʻyilgan. Amir Te-mur 1404-yil 27-noyabrda Xitoy yurishiga ketayotib, A.ni Samarqandda kutvol lavo-zimida qoddirgan. Biroq 1405-yil 18-fevralda Amir Temur vafotidan soʻng yuz bergan tartibsizliklar va Xalil Sulton tomo-nidan uyushtirilgan fitnada u shahzoda tarafida boʻlgan va Saroymulk xonim, Tuman ogʻo, Ulugʻbek, Ibrohim Sultonni va lashkarboshilardan amir Shoh Malik, Shayx Nuriddinlarni Samarqandga kiritmagan. Bu bilan u Amir Temur barpo etgan saltanatga putur yetishiga sababchilardan biri boʻlgan. Ashraf Ahmedov.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |