Argentit
Qiyofa
Argentit (lotincha argentum – kumush soʻzidan) (kumushtosh) – sulfidlar sinfiga mansub mineral. Kimyoviy formulasi Ag2S. Kub singoniyali. Qattiqligi 2-2,5. S.ogʻirligi. 7,3. Rangi qoʻrgʻoshinsimon kul rangdan qora ranggacha. Yer-tomirlarda va baʼzan choʻkindi jinslarda uchraydi. Argentit kumush olinadigan asosiy mineral. Rossiyaning Oltoydagi polimetall ruda konlarida, Sharqiy Zabaykale, Saxada hamda Ukrainada(Zakarpate, Don-bass) va boshqa joylarda uchraydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |