Argentometriya
Argentometriya (yun. argentum — kumush va metreo — oʻlchayman) — miqdoriy analizning titrlash usuli. Kumush nitrat (AgNO3)ning titrlangan eritmasidan foydalanishga asoslangan. Bunda tekshirilayotgan eritma — kumush nitrat eritmasi yoki uning ortiqchasi natriy xlorid (NaCl) eritmasi bilan titrlanadi. Titrlashning oxirgi nuqtasini eritmaning bir tekis loyqalanishiga qarab, shuningdek har xil elektrokimyoviy va fotometrik usullardan foydalanib aniqlash mumkin. Argentometriyadan kumush, xlor, brom va boshqa elementlarning atom massasi ni aniqlashda, baʼzi mamlakatlarda esa kumush tangadagi kumush miqdorini aniqlashda va umuman anionlari kumush kationi bilan kam eruvchan quyqalar hosil qiladigan tuzlar va kislotalar miqdorini yuqori darajadagi aniqlik bilan oʻlchashda foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |