Kontent qismiga oʻtish

Arguslar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arguslar — qirgʻovullarning ikkita, bir-biriga yaqin monotipik urugʻlari (Argustanus va Rheinartia). Ik-kinchi darajali oqish patlarida juda koʻp koʻzsimon dogʻlari boʻladi. Katta A. (A. argus) Myanma, Malakka, Sumatra va Kalimantan oʻrmonlarida tarqalgan, xoʻrozining uz. 1,7 — 2 m (shundan 1,2 m dumidagi oʻrta boshqaruv patiga toʻgʻri keladi). Kokildor A. Laos, Vet-nam va Malakkaning togʻ oʻrmonlarida tarqalgan. Yashirin hayot kechiradi (qarang Qirgʻovulsimonlar). Tabiatni muhofaza qilish xalqaro tashkilotining Qizil kitobiga kiritilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil