Arharshair
Qiyofa
Arharshair (Schrenkia golickeana) — ziradoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimlik. Boʻyi 10-55 sm. Ildizi bir boshchali, silindrsimon. Barglari murakkab patsimon. Guli oq. Soyabon guli 15-20 soyabonchadan iborat. Undagi gullari 15-20 ta. Arharshair aprel-may oylarida gullaydi, mevasi dumaloq, diametri 4 mm, may-iyun oylarida yetiladi. Arharshair faqat Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Toshkent va Samarqand viloyatlarining adir va togʻlarida turli ekologik sharoitda oʻsadi. Arharshairning quritib yanchilgan ildizi xalq tabobatida yaralarni davolashda qoʻllanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |