Ariana
Ariana | |
---|---|
Tavalludi |
16-avgust 1985-yil |
Janrlar | Contemporary R&B, pop musiqa |
Kasbi | xonanda |
Fuqaroligi | AQSh va Rossiya |
Turmush oʻrtogʻi | Lev Grachev-Shneur |
Ariana Rose (asl familiyasi Greenblatt; 1985-yil16-avgustda tugʻilgan) – amerikalik rus qoʻshiqchisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ariana 1985-yil 16 avgustda Texasning Xyuston shahrida sovet emigrantlari oilasida tugʻilgan. Yetti yoshida oilasi bilan Moskvaga koʻchib oʻtadi va u yerda ingliz-amerika maktabiga oʻqiiydi[1]. Bolaligidan pianino chalishni oʻrgangan va 12 yoshida Ariana vokal va xoreografiyani oʻrganishni boshlagan. Koʻp oʻtmay, Ariananing otasi va shaxsiy menejeri Grigoriy (Gregory) Greenblatt qizini sobiq doʻsti, sovet va rus musiqachisi, prodyuser Matvey Anichkin bilan tanishtiradi[2].
Ariananing Anichkin bilan birinchi hamkorlikdagi ishi boʻlgan „The Fire Was Dead“ 2000-yilning kuzida MTV musiqiy kanalining rotatsiyasiga kiritilgan va tez orada qoʻshiqchi Sony Music bilan shartnoma imzolaydi [3]. 2000-yil 25-dekabrda „Noviy god“ va „Pod ispanskim nebom“ qoʻshiqlari, shuningdek ularning inglizcha versiyalarini oʻz ichiga olgan „Happy New Year“ rojdestvo singli chiqadi. Rus tilidagi qoʻshiq matni muallifi Matvey Anichkin, ingliz tilidagi qoʻshiq matni esa xonandaning oʻzi tomonidan yozilgan[4]. 2001-yil boshida Kiprda rejissyor Yuriy Grimov[5] tomonidan „Ne pojaleyesh“ qoʻshigʻiga klip suratga olinadi. Oʻsha yili Ariana „Pod ispanskim nebom“ kompozitsiyasi uchun „Oltin grammafon“ni oladi va „Yil qoʻshigʻi“ [6] finaliga chiqadi.
2002-yil 24-sentyabrda qoʻshiqchining „Pervaya lyubov“ debyut studiyaviy albomi [7] internetda taqdim etildi va 2002-yil 4-oktyabrda albom rasman chiqarildi. Shu kuni Kiyevda albom taqdimoti boʻlib oʻtdi[8]. Albomda rus va ingliz tillarida ijro etilgan 17 ta trek mavjud. Albomdagi barcha qoʻshiqlar Matvey Anichkin tomonidan yaratilgan va ovoz rejissyori Oleg Chechik tomonidan yozilgan. Xuddi shu yili rejissyor Oleg Gusev tomonidan Sankt-Peterburgda suratga olingan xuddi shu nomdagi albomning bosh treki uchun klip suratga olinadi[9][10]. Tez orada Ariana eng yaxshi rus xonandasi sifatida MTV Europe Music Awards mukofotiga nomzod boʻladi[11]. 2002-yil oxirida Ariana yana „Oltin grammafon“[12] va „Yil qoʻshigʻi“[6] mukofotlari laureati boʻladi. 2003-yil boshida Ariana Aleksandr Marshal bilan birgalikda „Yunona i Avos“ rok-operasidagi „Ya tebya nikogda ne zabudu“ qoʻshigʻining yangi versiyasini[13][14] yozishadi. Yil oxirida Ariana va Marshall „Oltin grammafon“[15], „Yil qoʻshigʻi“[16], shuningdek „Stopudovogo xita“ laureatlari boʻlishadi. Oʻsha yili Ariana Moskvadagi ingliz-amerika maktabini imtiyozli diplom bilan tugatadi. 2003-yil oxirida Ariana Los-Anjelesda ingliz tilidagi albomini yozishni boshlaydi. Bundan tashqari, mashhur Gollivud oʻqituvchilaridan aktyorlik saboqlarini va Seth Riggsdan vokal saboqlarini oldi, Seth Riggsdan Maykl Jekson, Barbra Streyzand va Stivi Uander[17] kabi qoʻshiqchilar tahsil olishgan. 2004 yil oʻrtalarida Ariana oʻzining ikkinchi rus tilidagi albomi ustida ishlash uchun Moskvaga qaytib keladi. Disk „Bez kompromisspv“ deb nomlangan va 12 trekni oʻz ichiga olgan[18]. Albomda italyan bastakori Tomaso Albinoni musiqasiga yozilgan „Adajio“ qoʻshigʻi va Matvey Anichkin sheʼrlari alohida oʻrin egallagan[19]. 2010-yilda Ariana Tet-A-Tet guruhining sobiq qoʻshiqchisi, biznesmen Lev Grachev-Shneurga turmushga chiqadi. 2014-yilda Ariana restoran biznesi bilan shugʻullanishni boshlab, Nyu-Yorkda „Ariana“ nomli rus restorani ochdi va musiqiy faoliyatini toʻxtatadi[20].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]- „Happy New Year“ (singl) (2000)
- „Pod ispanskim nebom“ (singl) (2001)
- „Pervaya lyubov“ (2002) [21]
- „I’ll Do It All Again“ (2002)
- „Ya tebya nikogda ne zabudu“ (singl) (2003)
- „Adajio“ (2004)
- Bez kompromissov" (2005)
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Ариана“. InterMedia (2003-yil 14-avgust). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Новый проект Матвея Аничкина“. InterMedia (2000-yil 17-avgust). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „В каталоге Sony Music Russia ожидается пополнение“. InterMedia (2000-yil 8-dekabr). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Первый сингл Арианы“. InterMedia (2000-yil 27-dekabr). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Ариана «не пожалеет», если за дело берётся Юрий Грымов“. InterMedia (2001-yil 4-may). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ 6,0 6,1 „ПЕСНЯ ГОДА. 1999-2002“ (ru). pesnyagoda.my1.ru. 2012-yil 24-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „АРИАНА — Первый альбом про первую любовь“. Звуки.ру. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.
- ↑ „О своей «первой любови» Ариана расскажет в Киеве“. InterMedia (2002-yil 18-sentyabr). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Свою «первую любовь» Ариана экранизирует“. InterMedia (2002-yil 14-fevral). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „В VII веке Ариана чувствовала себя неудобно“. InterMedia (2002-yil 15-mart). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ Robert Mancini. „Eminem, Pink, Shakira Nab Most Noms For MTV Europe Music Awards“ (en). MTV.com (2002-yil 30-sentyabr). 2012-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „Золотой Граммофон 2002“ (ru). goldengramophone.ru. 2012-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „Маршал и Ариана взялись за «Юнона и Авось»“. InterMedia (2002-yil 22-dekabr). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Александр Маршал никогда не забудет Ариану“. InterMedia (2003-yil 12-fevral). 2017-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Золотой Граммофон 2003“ (ru). goldengramophone.ru. 2019-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „ПЕСНЯ ГОДА. 2003-2006“ (ru). pesnyagoda.my1.ru. 2015-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-avgust.
- ↑ „Ариана учится вокалу у педагога Майкла Джексона“. InterMedia (2003-yil 24-dekabr). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „"Бескомпромиссный" альбом Арианы записан по-русски“. InterMedia (2005-yil 24-mart). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Ариана запела под музыку Томазо Альбинони“. InterMedia (0054-yil 23-noyabr). 2017-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-sentyabr.
- ↑ „Ариана в Сохо. Русская еда и музыка для души на Манхэттене“. 2014-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 27-oktyabr.
- ↑ Алексей Мажаев. „Ариана — "Первая любовь"“. InterMedia (2002-yil 10-oktyabr). 2017-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 13-mart.