Kontent qismiga oʻtish

Ariana gubernatorligi

Koordinatalari: 36°51′45.00″N 10°11′44.02″E / 36.8625000°N 10.1955611°E / 36.8625000; 10.1955611
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ariana gubernatorligi

ولاية أريانة
Skyline of Ariana gubernatorligi
36°51′45.00″N 10°11′44.02″E / 36.8625000°N 10.1955611°E / 36.8625000; 10.1955611
Mamlakat Tunis
Hukumat
 • Gubernator Xaled Nuri (2022-yildan buyon)
Asos solingan 1983-yil mart[1]
Maydon 482 km2 (186 kv mi)
Aholisi
 (2014-yil)
576 088
Zichligi auto kishi/km2
Pochta indeks(lar)i xx
Ariana gubernatorligi xaritada
Ariana gubernatorligi
Ariana gubernatorligi

Ariana gubernatorligi (arabcha: ولاية أريانة Vilāyat Aryānah; fransuzcha: Gouvernorat de l'Ariana) Tunisning yigirma toʻrt gubernatorligidan (viloyatlaridan) biridir.

Ariana gubernatorligi Tunisning shimolida joylashgan boʻlib, taxminan uchburchak shakliga ega. Uning bir tomoni Tunis koʻrfazining bir qismi boʻlib, 482 km² maydonni egallaydi. Poytaxti – Ariana shahri.

Gubernatorlik Tunis va Bizerta gubernatorliklari bilan chegaradosh.

Hududagi oʻrtacha harorat 18,7 °C ni, yillik yogʻingarchilik esa 450 millimetrni tashkil etadi.

Maʼmuriy boʻlinmalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Maʼmuriy boʻlinmalar Ariana

Maʼmuriy jihatdan gubernatorlik yetti delegatsiya (mutadiyat), oltita munitsipalitet, toʻrtta qishloq kengashi va 42 ta sektorga (imadaga) boʻlingan.

2014-yilgi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlariga koʻra, gubernatorlikda jami 576,088 aholi istiqomat qilgan[2].

2004 va 2014-yillardagi aholini roʻyxatga olishda[2] delegatsiyalar va ularning aholisi quyida keltirilgan:

Delegatsiya 2004-yilgi aholi 2014-yilgi aholi
Ariana Medina 97 687 114 486
Ettadhamen 78 311 84 312
Kalaat al-Andalous 23 045 26 796
Mnihla 53 752 89 884
Raoued 60 896 106 414
Sidi Thabet 19 404 24 503
Soukra 89 151 129 693

Ariana gubernatorligida quyidagi oltita munitsipalitet joylashgan.

  1. (fransuzcha) „tunisieindustrie.nat.tn“. 2009-yil 17-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „2014 Tunisian census data“. 2015-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 30-yanvar..