Arianchilar
Qiyofa
Arianchilar-IV-VI asrlarda paydo boʻlgan xristianlikdagi bidʼatchi oqimlardan sanaladi.Oqimning nomi uning asoschisi Ariya ismidan olingan. Arianchilar xudoning uch koʻrinishga ega ekanligini tan olishmagan. Ariyaning taʼkidlashicha, oʻgʻil xudo maxluq, ipostas yaʼni, muqaddas uchlik bir iloh emas. Iso Xudo tomonidan yaratilgan va u insonlar bilan xudo oʻrtasida vositachi boʻlgan. Ariya Iso ota xudoning ayni oʻzi emas deb taʼkidlagan. Arianchilar ikkinchi butun jahon saborida butkul (381-yili) bidʼatchi oqim deb tan olingan. Ariyaga esa anafema (cherkovdan surgun qilish) jazosi qoʻllangan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |