Kontent qismiga oʻtish

Ariel Borysiuk

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ariel Borysiuk
Borysiuk bilan Legia Warsaw 2016
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ariel Borysiuk
Tavallud sanasi 29-iyul 1991-yil (1991-07-29) (33 yosh)
Tavallud joyi Biała Podlaska, Polsha
Boʻyi 1.80 m (5 ft 11 in)
Ampluasi Defensive midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
KF Laçi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2004—202007 TOP 54 Biała Podlaska
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2007—2012 Legia Warsaw 90 (4)
2012—2015 1. FC Kaiserslautern 44 (0)
2013 1. FC Kaiserslautern II 5 (0)
2014Volga (ijara) 4 (0)
2014—2015Lechia Gdańsk (ijara) 34 (0)
2014Lechia Gdańsk II (ijara) 1 (0)
2015—2016 Lechia Gdańsk 20 (2)
2016 Legia Warsaw 13 (0)
2016—2018 Queens Park Rangers 11 (0)
2017Lechia Gdańsk (ijara) 14 (1)
Milliy terma jamoa
2007—2008 Polsha U17 3 (0)
2009—2010 Polsha U19 8 (1)
2010—2011 Polsha U20 2 (0)
2009—2012 Polsha U21 14 (1)
2010—2016 Polsha 12 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Ariel Borysiuk (talaffuzi: Ariel Borysyuk; 1991-yil 29-iyulda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Albaniyaning KF Lachi jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi. Polsha terma jamoasida oʻn ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Biała Podlaskada tugʻilgan Borysiuk 2007-yil 23-fevralda 16 yoshu 213 kunligida Ekstraklasada debyut qildi va „Legia“da oʻynagan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi[1]. 2008-yilning 19-aprelida Odra Wodzisław darvozasiga 16 yoshu 265 kunligida gol urdi, Borsyuk „Legia“ tarixidagi eng yosh gol muallifi hisoblanadi[2]. Bu gol ham uni Ekstraklasada gol urgan eng yosh ikkinchi futbolchiga aylantirdi[3].

1. Kaiserslautern

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011—2012-yilgi qishki transfer oynasining soʻnggi kunida Borysiuk „Kaiserslautern“ klubiga oʻtdi[4]. Kaiserslauternsafida 1. Kölnga qarshi oʻyinning 35 va 40-daqiqalarida sariq kartochka oldi va maydondan chetlatildi. „Kaiserslautern“ oʻyinda 1:0 hisobida magʻlub boʻldi.

Volga (ijara)

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 19-yanvarida Boriysiuk Rossiyaning „Volga“ klubiga ijara asosida o‘tdi[5]. 2014-yil 10-martda Boriysiuk „Volga“dagi debyutini safarda „Amkar Perm“ga qarshi oʻyinda (5:1) oʻtkazdi[6]. „Volga“ safida bor-yoʻgʻi toʻrt marta maydonga tushganidan soʻng, Boriysiuk 1. Kaiserslauternga qaytdi.

Lechia Gdańsk

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 14-iyulida Borysiuk Polshaning „Lechia Gdańsk“ klubiga o‘tgani eʼlon qilindi. 2014—2015-yilgi mavsumda ijara asosida asosida oʻynadi[7]. 2014-yilning 19-iyulida Borysiuk Lechia Gdańskda „Jagiellonia“ga qarshi o‘yinda (2:2) debyut qildi. Lechia Gdańskda biron marta ham gol ura olmagan boʻlsa-da, Borysiuk 2014—2015-yilgi mavsumda Ekstraklasaning har bir uchrashuvida maydonga tushishga muvaffaq boʻldi.

Legia Warsawga qaytish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 11-yanvarida Borysiuk yana „Legiya Varshava“ga qo‘shildi. 2016-yilning 21-fevralida Borysiuk Varshavaning „Legia“ safida Zaglebi Lubin qarshi oʻyinning 32-daqiqasid Stojan Vranješ oʻrniga maydonga tushdi[8]

Queens Park Rangers

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning 22-iyunida Varshavaning „Legia“sida bor-yo‘g‘i 13 marta maydonga tushganidan so‘ng, Borysiuk Angliyaning „Queens Park Rangers“ jamoasiga uch yillik shartnoma asosida qo‘shilishi eʼlon qilindi[9]

Sherif Tiraspol

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 29-iyulida Borysiuk Sherif Tiraspol bilan shartnoma imzoladi[10].

2021-yilning 10-avgustida Borysiuk bir yillik shartnoma asosida Hindiston Superligasi jamoasi „Chennaiyin“ga o‘tdi[11][12]

2022-yilning 26-iyulida Borysiuk Albaniyaning Kategoria Superiore klubi KF Laçi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi[13].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Borisyuk Polsha terma jamoasini U17, U19, U20 va U21 terma jamoalarida oʻynagan. Asosiy terma jamoasida ilk bor 2009-yilning 5-iyunida Shvetsiyaga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[14].

Faoliyat statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
20-fevral, 2022-yil holatiga koʻra[15]
Klub Mavsum Liga Kubok Qitʼa Boshqa Jami
Diviziya Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Legia Warsaw 2007—2008 Ekstraklasa 8 1 0 0 0 0 8 1
2008—2009 Ekstraklasa 18 0 0 0 2[izoh 1] 0 0 0 20 0
2009—2010 Ekstraklasa 23 0 2 0 4[izoh 1] 0 29 0
2010—2011 Ekstraklasa 26 2 6 0 32 2
2011—2012 Ekstraklasa 15 1 1 0 9[izoh 1] 0 0 0 25 1
Jami 90 4 9 0 15 0 0 0 114 4
1. FC Kaiserslautern 2011—2012 Bundesliga 12 0 0 0 12 0
2012—2013 2. Bundesliga 28 0 1 0 2[izoh 2] 0 31 0
2013—2014 2. Bundesliga 4 0 0 0 4 0
Jami 44 0 1 0 2 0 47 0
1. FC Kaiserslautern II 2013—2014 Regionalliga Bayern 5 0 5 0
Volga (ijara) 2013—2014 Rossiya Premyer-ligasi 4 0 0 0 4 0
Lechia Gdańsk (ijara) 2014—2015 Ekstraklasa 34 0 1 0 35 0
Lechia Gdańsk 2015—2016 Ekstraklasa 20 2 2 0 22 2
Legia Warsaw 2015—2016 Ekstraklasa 13 0 2 0 0 0 15 0
Queens Park Rangers 2016—2017 Championship 11 0 1 0 12 0
Lechia Gdańsk (ijara) 2016—2017 Ekstraklasa 14 1 14 1
Lechia Gdańsk 2017—2018 Ekstraklasa 12 0 12 0
2018—2019 Ekstraklasa 5 0 5 0
Jami 17 0 17 0
Wisła Płock (ijara) 2018—2019 Ekstraklasa 12 2 12 2
Sheriff Tiraspol 2019 Moldova milliy divizioni 10 1 2[izoh 1] 0 12 1
Jagiellonia 2019—2020 Ekstraklasa 13 1 13 1
2020—2021 Ekstraklasa 15 0 15 0
Chennaiyin 2021—2022 Hindiston Superligasi 14 1 14 1
Jami faoliyati 316 12 16 0 17 0 2 0 351 14
  1. „Borysiuk drugi z najmłodszych“ (Polish). sport.pl (2008-yil 23-fevral). Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
  2. „Borysiuk najmłodszym strzelcem w historii Legii“ (Polish). sport.pl (2008-yil 19-aprel). Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
  3. „Borysiuk tylko po Lubańskim“ (Polish). sport.pl (2008-yil 20-aprel). Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
  4. „Ariel Borysiuk wechselt zum FCK“ (German). DFL (2012-yil 31-yanvar). Qaraldi: 2012-yil 31-yanvar.
  5. „RUSSIA/ OFFICIAL, Borysiuk joins Volga NN“. TransferMarketWEB (2014-yil 19-yanvar). 2018-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 30-noyabr.
  6. „Amkar Perm vs. Volga“. Soccerway (2014-yil 10-mart).
  7. „Ariel Borysiuk wechselt auf Leihbasis“ (German). 1. FC Kaiserslautern (2014-yil 14-iyul). Qaraldi: 2014-yil 29-avgust.
  8. „Zagłębie Lubin vs. Legia Warsaw“. Soccerway (2016-yil 21-fevral).
  9. „QPR SIGN ARIEL BORYSIUK“. Queens Park Rangers FC (2016-yil 22-iyun). 2016-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Доброе пожаловать, Ариэль“ (Russian). fc-sheriff.com. FC Sheriff Tiraspol (2019-yil 29-iyul). Qaraldi: 2019-yil 29-iyul.
  11. „ISL: Chennaiyin FC sign Polish midfielder Ariel Borysiuk“. THE BRIDGE (2021-yil 10-avgust).
  12. Chennaiyin FC sign experienced Polish midfielder Ariel Borysiuk The Times of India. 11 August 2021
  13. „Ariel Borysiuk piłkarzem KF Laçi“ (pl). 90minut.pl (2022-yil 26-iyul).
  14. „U-21: Szwecja 2-1 Polska“ (Polish). 90minut.pl (2009-yil 5-iyun). 2009-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 5-iyun.
  15. „A. Borysiuk“. Soccerway.


Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "izoh", but no corresponding <references group="izoh"/> tag was found