Kontent qismiga oʻtish

Aripdjan Xashimov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aripdjan Xashimov
Tavalludi 8-mart 1940-yil
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Vafoti 2022-yil
Toshkent, Oʻzbekiston
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Ish joylari Toshkent davlat texnika universiteti
Taʼlimi Toshkent politexnika instituti
Ilmiy darajasi texnika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Aripdjan Adilovich Xashimov (1940-yil 8-mart, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2022-yil, Toshkent, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari doktori, professor.

Aripdjan Xashimov 1940-yil 8-mart Toshkent shahrida tavvalud topgan[1]. 1962-yilda Toshkent politexnika instituti energetika fakultetini „Sanoat korxonalari va inshootlarini elektrlashtirish“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan[1]. 1962-yilda Toshkent shahridagi 1-sonli temir yoʻl maktabida elektr uskunalar va elektromexanika fani oʻqituvchisi, 1962—1965-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatlashtirish ilmiy-tadqiqot institutida ilmiy xodim, 1965—1968-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Energetika va avtomatlashtirish instituti aspiranti, 1969—2022-yillarda Toshkent davlat texnika universitetining „Elektromexanika va elektrotexnologiya“ kafedrasida katta oʻqituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri, shuningdek, fakultet dekani va oʻquv-uslubiy ishlar boʻyicha prorektor, „Elektrotexnika, elektromexanika va elektrotexnologiya“ kafedrasi professori boʻlib ishlagan[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yilda „Asimmetrik rejimlarda chastotali boshqariladigan asinxron elektr yurituvchi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1990-yilda Moskva energetika institutida „Chastada boshqariladigan asinxron elektr yuritmalarning rejimlarini hisoblash nazariyasi va usullari“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-yilda CRDF-2000 mukofotining (AQSh) Markaziy Osiyodagi yagona gʻolibi boʻlgan. Ilmiy maktab faoliyati natijasida Aripdjan Adilovich Xashimov Germaniya, Gretsiya, Italiya, AQSH, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa mamlakatlarda oʻtkazilgan xalqaro ilmiy-texnik anjumanlarda maʼruzalari bilan faol ishtirok etdi. 350 dan ortiq ilmiy maqolalar, 20 ta monografiya, 26 ta darslik, 30 ga yaqin ixtirolar muallifi. Abu Rayxon Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati, „Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi aʼlochisi“, „Oʻzbekiston energetika faxriysi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 2-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2023 — 383-bet.