Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar
Arl yaqinidagi qizil uzumzorlar | |
---|---|
Rassom | Vincent van Gog |
Yil | 1888 |
Oʻlchami | 75 sm × 93 sm (5,000 in × 6,200 in) |
Joylashuvi | Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow |
Arl yaqinidagi Qizil uzumzorlar — asar golland rassomi Vinsent Van Gog ijodiga tegishli boʻlib, 1888-yilning noyabr oyi boshlarida yaratilgan. Asarda uzumzorda ishlayotgan bir guruh ishchilarni koʻrish mumkin. Asar rassom hayotlik chogʻida oʻzi tomonidan sotilgan yagona asar hisoblanadi.[1][2]
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Qizil uzumzorlar" birinchi marta 1890-yilda Bryusseldagi „Yigirmatalik jamiyat“ koʻrgazmasida namoyish etilgan va shu jamiyat aʼzolaridan biri boʻlgan belgiyalik rassom va kolleksioner Anna Boshga 400 frankga (bugungi kunda taxminan 2000 dollarga teng) sotilgan.[3][4]
Keyinchalik asar 1909-yilda Ivan Morozov tomonidan Parijdagi sanʼat galereyasidan sotib olingan. Rossiya inqilobidan soʻng, asar bolsheviklar tomonidan milliylashtirildi va keyinchalik Moskvadagi Pushkin nomidagi davlat tasviriy san'at muzeyiga topshirildi.[5]
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Van Gog 1888-yil noyabrda ukasi Teoga shunday deb yozadi: „Eh, nega yakshanba kuni biz bilan birga boʻlmading! Biz qip-qizil uzumzorni koʻrdik — qizil vinoga oʻxshash. Olisdan sargʻish, tepasida esa yam-yashil osmon, atrofda — yomgʻirdan keyingi binafsha rang, baʼzi joylarda — quyosh botishining sariq aksi koʻrinadi“.[6]
Xuddi shu oyda, xuddi shu joyda, Monmajour abbatligi yaqinidagi uzum hosilining yigʻib olinishi tasvirlangan „Arledagi qizil uzumzorlar“, deb nomlangan asar yaratiladi.
Van Gogda bu manzara ertak xarakterini oladi. Oʻrim-yigʻim odamlari, dexqonlar, rassom tomonidan kundalik mashaqqatli mehnatni boshidan kechiruvchi oddiy xalq sifatida taqdim etiladi va bu shu hayotning timsoliga aylanadi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼlumotnomalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „The van Gogh legend - a different picture The story that the artist sold just one painting in his lifetime endures. In fact, he sold at least two“. baltimoresun.com. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
- ↑ „The Lore: Van Gogh Sold Only One Painting During His Life“. thoughtco.com. Qaraldi: 2022-yil 8-fevral.
- ↑ Hulsker (1980), 356
- ↑ Pickvance (1984), 168-169;206
- ↑ France. Second half of 19th - 20th century. Painting collection, State Pushkin Museum of Fine Arts, Moscow: Red Square Publishers, 2005 — 55-57-bet.
- ↑ Letter from Vincent van Gogh to Theo van Gogh. Auvers-sur-Oise, Tuesday, 24 June 1890. Amsterdam, Van Gogh Museum, inv. no. b692V/1962
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hulsker, yanvar . Toʻliq Van Gog . Oksford: Phaidon, 1980 yil.ISBN 0-7148-2028-8ISBN 0-7148-2028-8 .
- Pikvans, Ronald. Van Gog Arlesda (mushuk. Metropolitan sanʼat muzeyi, Nyu-York), Abrams, Nyu-York 1984 yil.ISBN 0-87099-375-5ISBN 0-87099-375-5 .