Kontent qismiga oʻtish

Arldagi yotoqxona

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Arldagi yotoqxona
: '
Rassom Vincent van Gogh
Yil 1888
Katalog
Oʻlchami 72 cm × 90 cm (28.3 in × 35.4 in)

Arldagi yotoqxona (fransuzcha: La Chambre à Arles; niderlandcha: Slaapkamer te Arles) – bu 19-asrda yashadan gollandiyalik post-impressionist rassom Vinsent van Goghning uchta bir-biriga oʻxshash rasmlariga berilgan nom.

Ushbu kompozitsiyaga Van Gogh oddiygina "Yotoqxona" (fransuzcha: La Chambre à coucher) deb nom beradi. Uning maktublarida tasvirlangan uchta haqiqiy versiya mavjud boʻlib, ularni bir-biridan oʻngdagi devorda tasvirlangan rasmlardan osongina ajratish mumkin.

Rasmda van Gogning Arldagi Lamartin maydoni, Bush-du-Rhoneda joylashgan yotoqxonasi tasvirlangan. Oʻngdagi eshik orqali yuqori qavatga olib chiqadigan zinapoya tomonga ochiladi; chap tomondagi eshik Gauguin uchun tayyorlangan xona edi; old devordagi deraza Place Lamartin va uning bogʻlariga qaragan. Bu xona toʻrtburchak emas, balki old devorning chap burchagi oʻtkir burchakli hamda oʻng tomoni oʻtkir burchakli boʻlgan trapezoid edi[1].

Birinchi versiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Gauginga joʻnatilgan xatdagi eskiz
Teoga joʻnatilgan xatdagi eskiz

Van Gog ushbu Teoga, biroz keyinroq Gauguinga yozgan maktublariga kompozitsiyaning eskizlarini ham kiritgan[2]. Maktubda van Gog ushbu rasmni chizish goʻyasi kasallikdan bir necha kun toʻshakka mixlanib qolgach kelib chiqqanligini izohlaydi[3]. Ushbu versiyaning oʻng tomonidagi devorda van Gogning doʻstlari Eugene Boch va Paul-Eugene Millietning portretlari joylashgan. Eugene Bochning portreti "Shoir", Paul-Eugene Millietning portreti esa "Oshiq" deb nomlanadi[4][5].

Ikkinchi versiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yil aprel oyida van Gog Arldagi eski kasalxonada davolanayotganida ukasiga Ron daryosi toshqinidan zarar koʻrgan dastlabki versiyasini yuboradi. Teo rasmni qayta tiklash va nusxalash uchun unga qaytarib yuboradi. 1889- yil sentyabr oyida qayta chizadi va ikkala rasmni ham Teoga joʻnatadi[6][7][8].

Ikkinchi versiya, 1889-yil, sentyabr. 72 x 90 sm, Chikago sanʼat instituti

Uchinchi versiya

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1889-yilning yozida Van Gog onasi va singlisi Wil uchun oʻzining „eng yaxshi“ kompozitsiyalarini kichikroq hajmda qayta yaratish qaror qildi. „Yotoqxona“ kartinasi u tanlagan kompozitsiyalardan biri edi[9].

"Yotoqxona" kartinasida chap tarafdagi portret van Gogning "Zundertlik dehqon" avtoportretini eslatadi.

Uchinchi versiya, 1889-yil sentyabrning oxiri. 57,5 x 74 sm, Musée d'Orsay, Parij.
  1. Though the building was damaged in an air-raid, June 25, 1944, and laid down afterwards, floor plans by Lèon Ramser, an Arlesian architect, dating from the 1920s have survived and supply most of the essential information, see: Roland Dorn, "Décoration": Vincent van Goghs Werkreihe für das Gelbe Haus in Arles, Georg Olms Verlag, Hildesheim, Zürich & New York, 1990, plate XIX/XX
  2. „Vincent van Gogh to Paul Gauguin : 17 October 1888“. webexhibits.org.
  3. „706“. vangoghletters.org. 2016-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 16-aprel.
  4. „De minnaar (portret van luitenant Milliet) – Kröller-Müller Museum“. kmm.nl. 2012-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „Eugene Boch – Impressionist and friend of Vincent van Gogh“. eugeneboch.com.
  6. „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 22 May 1889“. webexhibits.org.
  7. „Theo van Gogh to Vincent van Gogh : 16 June 1889“. webexhibits.org.
  8. „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 5 or 6 September 1889“. webexhibits.org.
  9. „Vincent van Gogh to Theo van Gogh : 28 September 1889“. webexhibits.org.