Arman tibbiyot muzeyi
Arman tibbiyot muzeyi | |
---|---|
Asos solingan sana | 1999–yil 18–may |
Joylashuvi | Nor Arabkir tibbiyot maktabi 6–qavat |
Sayt | http://www.medicalmuseum.am/ |
40°9′0.169″N 44°29′49.124″E / 40.15004694°N 44.49697889°E Arman tibbiyot muzeyi (Harutyun Minasyanning shaxsiy kolleksiyasi) 1999-yil 18-mayda Yerevanda ochilgan.
Tarix
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey 1999-yilda Armaniston Madaniyat vazirligi va Rigadagi Pauls Stradins tibbiyot tarixi muzeyida shaxsiy muzeylaridan biri sifatida roʻyxatga olingan. Muzey arman anʼanaviy tibbiyotining madaniy, tibbiy merosini aks ettiruvchi tibbiy anjomlarni toʻplash, saqlash, namoyish qilish hamda yetkazish, shuningdek, Armaniston ichida va undan tashqarida arman tibbiyotining urf-odatlarini targʻib qilish uchun xizmat qiladi[1].
Koʻrgazmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Harutyun Minasianning 30 000 ga yaqin kolleksiyasidan faqat 5000 tasi muzeyda namoyish etiladi. Eksponatlar quyidagi toifalardan boʻlingan.
- Arxeologik
- Geologik-etnografik
- Bojxona
- Tibbiy materiallar
- Tibbiy amaliyot bilan bogʻliq materiallar
- Kutubxona
- Arxiv
- Foto arxiv
Mis, loy, shisha, fayans, metall yoki yogʻochdan yasalgan idishlar, koʻzalar, vazalar, shishalar, stakanlar, tosh, bronza yoki yogʻochdan tayyorlangan tibbiy asboblar, musiqa asboblari, kitoblar, hujjatlar, fotosuratlar, mebellar, qazilgan inson qoldiqlari kabi materiallar muzeyda namoyish etiladi. Muzeyning eng qimmatli buyumlari Metsamordan topilgan 5000 yillik urna, Gorisdan olib kelingan idishlar va Armanistonning Jrahovit qishlogʻida olib borilgan qazishmalar natijasida topilgan 5000 yillik qayiqdir[2][3].
Bundan tashqari, muzeyda 200-100 yil oldin turli mamlakatlarda nashr etilgan tibbiy kitoblar, masalan, Petros Kalantaryan tomonidan 1793-yilda Yangi Naxichevanda yozilgan „Qisqacha tibbiyot maktabi“, Mxitar Geratsi tomonidan yozilgan „Jermants Mxitarutyun“ kabi kitoblar saqlanadi. Bundan tashqari, muzeyda arman shifokorlariga tegishli buyumlar, mebellar, shaxsiy, uy-roʻzgʻor buyumlari, masalan, stollar, javonlar, yogʻoch muzlatgichlar, stullar, sandiqlar, bochkalar, haykallar, rasmlar, Sovet Ittifoqi yoki boshqa mamlakatlarning grammofonlari, radiolar, televizorlar, telefonlar, soatlar, qishloq xoʻjaligi, oshxona anjomlari va boshqalarni topish mumkin.
Manzil
[tahrir | manbasini tahrirlash]Muzey Nor Arabkir tibbiyot markazining oltinchi qavatida joylashgan.
Galereya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Հայ բժշկության թանգարանին նոր տարածք է անհրաժեշտ“. 2014-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-noyabr.
- ↑ „Հայ բժշկության թանգարանին նոր տարածք է անհրաժեշտ“. 2014-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 28-noyabr.
- ↑ „Բժշկության թանգարանի համար 15 տարի է չի գտնվում, ոչ փող, ոչ տարածք. Հարություն Մինասյանը դիմում է աշխարհի հայ բժիշկներին“. MediaLAB (2014-yil 9-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 7-mart.