Armaturali sement konstruksiyalar
ARMATURALI SEMENT KON-STRUKSIYALAR — qalinligi 20 mm dan oshmaydigan yupqa devorli temir-beton konstruksiyalar. Mayda toʻldirgichli be-ton orasiga ingichka (0,5 — 1,6 mm) poʻlat simdan zich toʻqilgan armatura toʻri joy-lashtirib tayyorlanadi. Armaturali sement konstruksiyalar k.ning bik-rligi (qattiqligi) va suv oʻtkazmaslik xossasi temir-beton konstruksiyalarga qaraganda ancha yuqoriroq boʻladi. Bino va inshootlarning yuk koʻtaruvchi va toʻsuvchi konstruksiyalarida (rasmga q.), rezervu-arlar qurishda, kemasozlik va boshqalarda ishla-tiladi. Bundam konstruksiyalarni turli shakllarda yasash mumkin. Kamchiligi: oʻtga chidamliligining pastligi, beton va armaturalarni korroziyadan asrash za-rurligi. Armaturali sement elementlardan 46x46 m oʻlchamli qilib yasalgan yigʻma monolit qobiq.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |