Armur gʻoʻzasi
Armur gʻoʻzasi (Gossypium armourianum Kearney) — Yovvoyi gʻoʻza turi. Genomi D2_,, xromosomalar soni 2p=26. Birinchi marta T. Kerni taʼriflab bergan (1933). San-Markoye o.da va Kaliforniya qoʻltigʻi sohillarida uchraydi. Armur gʻoʻzasi — koʻp yillik, tarvaqaylab oʻsadigan buta; boʻyi 2 m gacha, oʻsuv shoxlari koʻp. Hosil shoxlari nimjon. Koʻsaklari mayda, dumaloq-uzunchoq, yonlari boʻrtib chiqqan, 3-4 chanoqli. Har bir chanogʻida 1-4 ta chigit boʻladi. Chigiti oʻrtacha kattalikda, toshchigit, yashil-kulrang tuklar bilan qoplangan. Armur gʻoʻzasi qurgʻoqchilikka nihoyatda chidamli, bakterioz bilan kasallanmaydi. Fotodavr oʻzgarishidan kam taʼsirlanadi. Armur gʻoʻzasi gulyonbargchalari tabiiy toʻkilib ketadigan gʻoʻza navlari yaratishda noyob tur hisoblanadi. Bunday gʻoʻza turlari Argentinada olingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- (Arxiv.uz/ Maʼlumotlar ombori) (Wayback Machine saytida 2019-11-28 sanasida arxivlangan)
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |