Arnold Schönberg
Arnold Schönberg | |
---|---|
Tavalludi | 13-sentyabr 1874[1] |
Vafoti | 13-iyul 1951[2][1] |
Fuqaroligi | Avstriya, AQSh, Avstriya-Vengriya imperiyasi va Germaniya |
Otasi | Samuel Schönberg |
Arnold Schönberg (talaffuzi: Arnold Shyonberg; 1874.13.9, Vena 1951.13.7, LosAnjeles) — Avstriya kompozitori, musiqa nazariyotchisi, pedagog, dirijyor va rassom. Yangi Vena maktabi va dodekafoniya asoschisi, musiqiy ekspressionizmning yirik vakili. Ijodini Yevropa klassik musiqasiga tayangan holda boshlagan. 1901-yil pedagogik faoliyatini boshlab 30 dan ortiq (A.Berg, A.Vebern, X.Eysler kabi) shogirdlar yetishtirgan. 1903-yildan Venada, 1925-yildan Berlinda yashagan va kompozitor, dirijyor, pedagog, shuningdek, xor jamoalari tashkilotchisi va badiiy rahbari sifatida tanilgan. 1930-yillar boshida antifashistik harakatni qoʻllab quvvatlagan, oʻzi va shogirdlari tazyiqqa uchraganidan soʻng 1934-yildan AQShda yashagan.
Ijodiy yoʻli 3 bosqich — tonal (18991908), atonal (190922) va serial (1923—50) davrlarga boʻlinadi. Ilk davrning yetuk asarlari: "Gurre qoʻshiqlari" oratoriyasi, "Pelleas va Melizanda" simfonik poemasi, ovoz va orkestrga moʻljallangan "Olti qoʻshiq" (ulardan "Gʻazal" nomlisida Sh. qadimgi fors sheʼriyati va sharqiy musiqiy uslubga taqlid qilgan). 2-davrdagi "Kutish" (operamonodrama), "Baxtli qoʻl" (musiqali drama) va, ayniqsa, "Oyparast Pyero" (melodrama) kabi asarlarida tonallik tizimidan voz kechib, atonal musiqa tamoyillarini erkin ravishda namoyish etgan. Soʻnggi davrga oʻtish jarayonida, ayni atonalliknn muayyan qoidalariga boʻysundirish maqsadida — dodekafoniya nomini olgan (Sh. taʼbirida — 12 tonli kombinatsiya) kompozitorlik texnikasini kashf etib, "Napoleonga oda" (1942), "Varshavada omon qolgan" (1947) va boshqalar asarlarida samarali natijalarga erishgan. Umrining soʻnggi yillarida diniy mavzularda yirik asarlar yaratgan. Musiqiynazariy va estetik qarashlari "Garmoniyaga oid taʼlimot", "Uslub va gʻoya" kitoblari, bir nechta darsliklarida bayon etilgan.
Ad. Zarubejnaya muzika XX veka. Materialn i dokumentn, M., 1975.
Toʻxtasin Gafurbekov.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 (unspecified title)
- ↑ // (unspecified title)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |