Kontent qismiga oʻtish

Arraburun akulalar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arraburun akulalar (Pristiop horidae) – akulalar turkumi oilasi. Uzunligi 1,5 m gacha, tanasi silindrsimon, choʻziq. Tumshugʻi uzun va yassi kilichsimon, yon tomondan yirik tishlar bilan qurollangan. Tumshugʻi oʻrtasidagi ikkita uzun moʻylovlari tuygʻu vazifasini bajaradi. Anal suzgichi boʻlmaydi. 4—5 turi bor, Hind okeani va Tinch okeanning gʻarbiy sohillari yaqinida, asosan tropik suvlarda tarqalgan. Suv tubidagi uncha chuqur boʻlmagan joylarda yashaydi, mayda baliqlar va suv tubidagi umurtqasizlarni kovlab olib yeydi. Tirik tugʻadi. Ovlanadi, mahalliy ahamiyatga ega.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil