Ars nova
Ars nova (lotincha: ars nova — yangi sanʼat) — 14-asr italyan va fransuz musiqasidagi ijodiy ilgʻor yoʻnalish. Faqat cherkov musiqasi janrlaridan foydalanishdan voz kechib, dunyoviy vo-kal-cholgu musiqa janrlarini professi-onallik darajasiga koʻtargan, folklor bilan yaqinlashib, turli musiqa asboblarini keng qoʻllagan. Dastlab 1309-yilda ita-lyan tadqiqotchisi paduyalik Marketto, 14-asrning 20-yillarida fransuz gumani-sti Filipp de Vitri tomonidan naza-riy asoslandi. Yetakchi kompozitorlari — florensiyalik Jovanni, Franchesko Landino, buyuk namoyandasi Gilom de Masho (taxminan 1300- 1377). Motet, ballada va madrigalning ilk shakllari hamda kachcha (yoki kachchia) Ars nova uchun harakterli janrlardir. Jahon musiqa sanʼatining keyingi rivojiga taʼsiri katta. Ad:. Gruber R., Vseobhaya istoriya muzoʻki, 2 izd., ch. 1, M., 1960.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |