Kontent qismiga oʻtish

Arsenidlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arsenidlar — metallarning margimush bilan hosil qilgan birikmalari. Arsenidlar yuqori temperaturada eriydigan qattiq va ogʻir moddalardir. Ishqoriy metallarning Arsenidlari suvda parchalanib, arsin va ishqor hosil qiladi. Boshqa metallar Arsenidlari faqat kislotalarda eriydi. Ayrim Arsenid yarim oʻtkazgich xususiyatiga ega. Davriy sistemaning III guruhi metallari Arseidining baʼzilari kristallanganida yiltiroq pyx tosh tuzilishiga ega boʻlganligi sababli ulardan lazer kristallari (GaAs, InAs, GaxIn1)cAs), tok kuchini toʻgʻrilagichlar, diodlar va triodlar (GaAs) tayyorlanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil