Kontent qismiga oʻtish

Arslon Talipov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Аrslon Таlipov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Arslon Sobirovich Talipov
Tavallud sanasi 15-avgust 1975-yil (1975-08-15) (49 yosh)
Tavallud joyi Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Boʻyi 180 cm (5 ft 11 in)
Ampluasi Hujumchi, yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
RUOR (Toshkent)
Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1991 Sovet Ittifoqi Sohibkor 12 (2)
1992 Oʻzbekiston Chirchiq 11 (3)
1992 Oʻzbekiston Politotdel 8 (1)
1993 Oʻzbekiston Madanchi ? (1)
1993 Oʻzbekiston Shifokor 13 (1)
1994 Oʻzbekiston Politotdel 4 (0)
1994—1995 Oʻzbekiston Chirchiq 33 (11)
1995—1996 Rossiya Аmkar 57 (12)
1997—1998 Oʻzbekiston МHSК 34 (9)
1998 Rossiya Аmkar 8 (0)
1999 Oʻzbekiston Doʻstlik 6 (0)
2000 Turkmaniston Кopetdag ? (12)
2000—2001 Hindiston Dempo
2001—2002 Oʻzbekiston Qizilqum 19 (3)
2003 Oʻzbekiston Меtallurg (Bekobod) 12 (4)
2003 Oʻzbekiston Sementchi 8 (0)
2006 Oʻzbekiston Quruvchi ? (1)
2006—2007 Oʻzbekiston NBU-Osiyo ? (3+)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Arslon Sobirovich Talipov (1975-yil 15-avgust, Fargʻona viloyati) — oʻzbek futbolchisi, hujumchisi va yarimhimoyachisi. Oʻzbekiston (1997) va Turkmaniston (2000) chempioni.

Toshkent RUOR va „Paxtakor“ yoshlar klubi tarbiyalanuvchisi. 1991-yilda „Paxtakor“ klubi zaxira jamoasining aʼzoligiga qabul qilingan.

SSSR parchalanganidan soʻng bir necha yillar davomida Oʻzbekiston oliy va birinchi liga klublarida toʻp surgan. Oliy ligada 1992-yili „Chirchiq“ safida debyut qilgan. 1992-yilning 31-martida mamlakat chempionati 2-tur bahslarida „Marokand“ga qarshi kechgan (1:2) uchrashuvda ilk golini urgan. 1994-yilgi mavsumda „Chirchiq“ safida 10 ta gol urishga erishgan.

1995-yilda birinchi mavsumni professional darajada oʻtkazgan Arslon Rossiyaning „Amkar“ jamoasiga taklif qilinadi va „Amkar“ klubi bilan uchinchi liga zona turniri gʻolibiga aylanadi. Futbolchi ushbu mavsumda 10 ta gol bilan klubning eng yaxshi toʻpurariga aylangan(boshqa maʼlumotlarga koʻra 11 ta gol urgan). Keyingi yili ham ikkinchi ligada „Amkar“ safida oʻynashda davom etgan[1].

1997-yilda Oʻzbekistonga qaytib, „MHSK“ klubi safiga qoʻshiladi va jamoadoshlari bilan mamlakat chempionligini qoʻlga kiritadi. Keyingi yili jamoa moliyaviy muammolarga duch kelganligi bois, jadvalning eng quyi pogʻonasidan joy oladi va Tolipov 1998-yilning avgust oyida qisqa muddatga „Amkar“ga qaytishga qaror qiladi. Shu yili „Amkar“ safida ikkinchi divizion zona turniri gʻolibligini qoʻlga kiritadi.

2000-yilda Turkmanistonning „Kopetdag“ jamoasiga oʻtib, u yerda Turkmaniston chempioni boʻlgan, shuningdek, 12 gol bilan toʻpurarlar bahsida ikkinchi oʻrinni egallagan. Biroz muddat oʻtib, sobiq SSSR futbolchilari bilan birgalikda Hindistonning ikkinchi divizionida „Dempo“ tarkibida toʻp surgan. „Dempo“ safida ham 10 ga yaqin gol urgan, shu jumladan „Sporting Clube de Goa“ bilan kechgan oʻyinda „poker“ kiritgan[2].

Oʻzbekistonga qaytganidan soʻng 2003-yilgacha oliy liga klublarida toʻp surgan, keyin bir necha yil birinchi ligada oʻynagan.

Talipov Oʻzbekiston oliy ligasida jami 140 ta oʻyin oʻtkazib, 31 ta gol urgan.

  • Oʻzbekiston chempioni: 1997-yil
  • Turkmaniston chempioni: 2000-yil
  • Rossiya ikkinchi divizioni gʻolibi: 1998-yil (Ural zonasi)