Arslontov
Arslontov (Aristantov) — Qizilqumdagi uch tizmadan iborat yemi-rilgan qoldiq togʻlar. Janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan. Eng baland joyi 698 m. A. Qizilqumdagi boshqa past togʻlar kabi atrofi eol qumlar bilan oʻralgan. A. zamini silur, devon davrlarining sla-nes, qumtosh, ohaktosh, marmar, gravelit jinslaridan, yuqori qismlari karbon davrining och va toʻq tusdagi ohaktosh va boshqa jins qatlamlaridan iborat. Bu jinslar togʻ yon bagʻirlarida ochilib qolgan, eta-klarida esa dagʻal prolyuviy yotqiziqlari va boʻr, paleogenning choʻkindi jinslari qatlamlari orasiga kirib ketgan. A. Markaziy Qizilqumdagi boshqa paleo-zoy massivlari kabi gersin oroge-nezida burmalangan. Boʻr va paleogen dengiz transgressiyalari butun Qizilqumni jumladan A.ning yon bagʻirlarini ham bo-sib, qalin gil qatlamlari bilan qoplagan. Alp orogenezida qayta burmalangan. Biroq yon bagʻirlaridagi gil qatlamlari yuvilib ketgan. A. asimmetrik tuzil-gan, uning sharqiy yon bagʻirlari tik. A. juda ham parchalanib ketgan. Markaziy qismlari alp tipidagi relefga ega, yaʼni oʻtkir nayzasimon choʻqqili, qirrali boʻlib, gʻarbiy va sharqiy chekkalari esa koʻpincha yassi yuzali, usti tekislanib qolgan. Nuragan jinslar togʻ etaklarida sochilib yotadi. Aning janubi-sharqiy yon bagʻirlarida soy koʻp. Bu soylarda bahordagina sel va yomgʻir suvlari oqadi. A.da koʻpincha quruq vodiyning chuqur joylarida, qatlamlarning tektonik yoriklarida, otqindi va metamorfik, ohaktosh hamda marmar jinslari tarqalgan joylarda chuchuk suvli buloqlar uchraydi. Buloq suvlaridan dehqonchilikda foy-dalaniladi. A.da iqlimning quruqligi, tuproq qatlamining deyarli yoʻqligidan oʻsimlik kam. Togʻ etaklarida toshli kul rang-qoʻngʻir tuproqlarda shuvoq-efemer oʻsimliklari keng tarqalgan. A.dan yay-lov chorvachiligida foydalaniladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |