Artel (shirkat)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Artel savdo belgisi
Turi kompaniya
Xizmatlari Maishiy texnika, Elektronika
Egasi AKFA Group
Qachon asos solingan 2011
Joylashuvi Toshkent, Taraqqiyot 2
Asoschi(lari) Jahongir Ortiqxoʻjayev
Vebsayti artelgroup.org

Artel savdo belgisi — Oʻzbekistondagi eng yirik maishiy texnika va elektronika ishlab chiqaruvchi kompaniya[1].

Nomi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Artel soʻzi inglizcha Art (sanʼat) va electronics (elektronika) soʻzlarining bosh harflari birikmasidan hosil boʻlib, „elektronikadagi sanʼat“ maʼnosini anglatadi[2].

Tashkil topishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Oʻzeltexsanoat kompaniyasi hamda Italiyaning „Gloria“, Janubiy Koreyaning „Samsung“, Xitoyning „Midea“, Turkiyaning „Odul“ shirkatlari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq tashkil topgan[3][4].

Korxonalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Eko Maxmud“ va „Martensit Investment“ korxonasi oshxona plitalari[5][6], „Quality Electronics“ Samsung konditsionerlarini[6], „Sky Wind System“ LCD displeylarni, „White Machine Techonology“ changyutgichlar, „Thermo Water Electric“ suv isitgichlar ishlab chiqarmoqda. 2015-yilda Zomin tumanida LCD monitorlar ishlab chiqaruvchi korxona qurildi[7][8].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Information about foundation of Artel Company“//Informatsiya ob osnovanii kompanii
  2. Ro‘zioxunov, Alisher „Narx, monopoliya va rejalar. Artel bosh direktori bilan eksklyuziv suhbat“. Kun.uz (2019-yil 3-iyun). Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  3. „O kompanii“
  4. „Statistika kompanii“, 6–aprel 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6–dekabr 2016–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  5. „„Uzeltexsanoat itogi goda““. 2016-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 6-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „Informatsiya ob sovmestnix predpriyatiyax“
  7. „Zavod v Zaamine“
  8. „Zavod po proizvodstvu monitorov V Zaamine“, 14–aprel 2016–yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 6–dekabr 2016–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]