Artem Pivovarov
Artem Pivovarov | |
---|---|
Tavalludi | 28-iyun 1991 |
Kelib chiqishi | Ukraina |
Janrlar | pop musiqa[1] |
Fuqaroligi | Ukraina |
Veb-sayt | https://artempivovarov.com/ |
Artem Volodimirovich Pivovarov (ukraincha: Артем Володимирович Пивоваров; 1991-yil 28-iyunda tugʻilgan) – ukrainalik zamonaviy yoʻnalishda ijod qiluvchi qoʻshiqchi va bastakor[2]. 2021-yilning eng yaxshi qoʻshiqnavisi va 2022-yilning esa eng yaxshi xonandasi yoʻnalishda „YUNA“ mukofotini qoʻlga kiritgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pivovarov oʻn ikki yoshida uch oy gitara chalishni oʻrgangan va qoʻshiq yozishni boshlagan. Volchanskiy tibbiyot kollejida akusherlik diplomini olgan[3] va anesteziolog yordamchisi boʻlib ishlagan. Shuningdek, Xarkov milliy shahar xoʻjaligi akademiyasida iqtidiyot fanini tamomlagan[2].
Musiqiy faoliyati „Dance! Dance!“ guruhi aʼzosi sifatida boshlangan va 2012-yilda akustik qoʻshiqlar tufayli YouTubeda mashhurlikka erishgan. Hozirgacha muharrirlik qilgan qoʻshiqlari beshta albomga jamlangan[3]. 2015-yildan boshlab qoʻshiqnavis, ovoz yozishda va bir qator qisqa metrajli filmlar hamda vizual rejissyor sifatida ham ishlagan[3].
2022–2023-yillarda Ukrainada xayriya tashkilotlarini qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Ukraina qurolli kuchlarini ragʻbatlantirish maqsadida konsertlar bergan[4]. 2022-yil dekabr oyida Rossiyaning raketa zarbasi ortidan Cherkas shahridagi kontserti chogʻida elektr taʼminoti uzilib qolganiga qaramay, kontsertni davom ettirgan va tomoshabinlar u bilan birga qoʻshiq kuylashi bilan yakunlgan. Ukraina Mudofaa vazirligi konsert lavhalari bilan birga „Dux Ukraini ne zlamati“ deb yozgan[5].
2023-yil sentyabr oyida Pivovarov Golos Ukraini ga murabbiy boʻlgan[6]. 29-oktyabr kuni Pivovarov jamoasi ishtirokchisi Mixailo Panchishin musobaqasida gʻolib chiqqan[7].
Diskografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2013-yil – Kosmos
- 2015-yil – Okean
- 2017-yil – Stixiya vodi
- 2017-yil – Stixiya ognya
- 2019-yil – Zemnoy
Pivovarov eng mashhur qoʻshiqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Eng mashhur hitlari[8]:
- Manifest[9]
- Dejavyu
- Miraj
- Randevu
- Dom
- Sobiray Menya
- Kislorod
- Moya Nich
- № 1
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ (unspecified title)
- ↑ 2,0 2,1 „Pivovarov Artem Vladimirovich: Ukrainian singer and songwriter“. my.ua. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Artyom Pivovarov: Biography of the artist“. Salve Music. Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ „Artem Pyvovarov told how he overcame the emptiness in his soul after the invasion of the Russian Federation“. newsyou.info (2023-yil 7-aprel). Qaraldi: 2023-yil 8-iyul.
- ↑ „Watch: Ukrainian Singer Continues Concert After Lights Go Off During Power Outage“. ibtimes.com (2022-yil 14-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Magic Box“. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „The winner of "Voice of the Country 13" Mykhailo Panchyshyn is selling his cup: why, to whom and for how many thousands of hryvnias - Yu News“. newsyou.info. Qaraldi: 2023-yil 4-noyabr.
- ↑ „Абаут – Офіційна інформація про Артема Пивоварова“. artempivovarov.com. Qaraldi: 2023-yil 2-avgust.
- ↑ „Артем Пивоваров - Маніфест“. YouTube (2023-yil 28-iyun). Qaraldi: 2023-yil 6-noyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vikiomborda Artem Pyvovarov mavzusiga oid fayllar bor