Kontent qismiga oʻtish

Arteriyalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arteriyalar
Qon aylanishi

Arteriyalar (grekcha: ἀρτηρία — arteria — havo kanali) — yurak va aortadan chiqib, oʻpka alveolalarida kislorodga boyigan qonni barcha aʼzo va toʻqimalarga eltuvchi qon tomirlar. Arteriya qoni odam vafotidan soʻng vena tomirlariga oʻtib ketadi. Shu sababli Gippokrat arteriya tomirlaridan jon oqadi, degan. Odatda yurakdan chiqqan barcha tomirlar (qon tarkibidan qatʼi nazar) arteriya, yurakka keladigan tomirlar vena tomiri deb ataladi. Yurakdan chiqib oʻpkaga boradigan tomir (tarkibida vena qoni bor) — oʻpka arteriyasi bundan mustasno. Arteriyalar devori uch qavat (ichki — endoteliy, oʻrta — muskul, tashqi — parda)dan iborat. Katta diametrli Arteriyalar devorida elastik toʻqima koʻp boʻladi. Arteriyalar juda koʻp marta oʻzaro qoʻshilib arteriya toʻri va anastomozlar hosil qiladi. Bular arteriya jarohatlanganda oʻrinbosar vazifasini bajaradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil