Arthur Laffer
Supply-side economics | |
---|---|
Arthur Betz Laffer Oq uyda, 2019-yil | |
Tugʻilgan |
1940-yil, 14-avgust Youngstown (Pennsylvania) Ogayo |
Alma mater | Yale Universiteti (bakalavr) Stanford universiteti (Magistratura va Doktorantura) |
Hissasi | Laffer egri chizig'i |
Mukofotlar | Presidential Medal of Freedom (2019) |
Arthur Laffer (1940-yil, 14-avgust) Amerikalik iqtisodchi va muallif.
Arthur Lafferning Reagan prezidentlik davrida Iqtisodiy siyosat maslahat kengashida 1981—1989-yillarda kengash aʼzoligi davrida nufuzi oshgan. Laffer ayniqsa Laffer egri chizig'i bilan taniqlidir. Bu soliq stavkasi va byudjet tushumlari orasidagi bogʻliqlikni koʻrsatuvchi funksiya boʻlib, hukumatlarga soliqlarni kamaytirish va bir vaqtning oʻzida daromadni oʻshirib, iqtisodiyat rivojlanishiga yordam beradi. Laffer Donald Trumpning 2016-yildagi siyosiy ishlarida iqtisodiy maslahatchi boʻlgan[1].
Bolalik davri va taʼlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Laffer Ogayo shtatidagi Youngstown shaharda Clevite Korporaciyasi direktori va uybekasi Marian Amelia oilasida dunyoga kelgan va shu shtatning Cleveland shahrida katta boʻlgan. U 1958-yili Cleveland Universiteti maktabini[2], 1963-yili Yale Universitetida Iqtisodiyat mutaxassisligida bakalavr darajasini va 1972-yil Stanford universitetida Doktorantura darajasini bitirgan[3].
Ilimiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Laffer 1970-yildan 1976-yilgacha Chikago universitetida biznes iqtisodiyoti kafedrasi dotsenti va 1967-yildan 1976-yilgacha Chikago fakulteti aʼzosi boʻlgan[4] . 1976-yildan 1984-yilgacha Laffer Janubiy Kaliforniya universiteti biznes maktabida Charles B. Thornton nomi bilan biznes iqtisodiyoti professori lavozimida ishlagan[5]. Bu vaqt ichida Laffer 1978-yilda shtatdagi mulk soligʻini keskin qisqartirib Kaliforniya tashabbusi boʻlgan Proposition 13 ni qabul qilishga yordam bergan[6]. 1980-yillarning oʻrtalarida Laffer Malibu shahridagi Pepperdine universitetida Distinguished professori va Pepperdine direktorlar kengashi aʼzosi boʻlgan[7].
Siyosiy faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1970-yilning oktyabr oyidan 1972-yil iyul oyiga qadar Arthur Laffer Menejment va Budjet idorasida bosh iqtisodchi lavozimada ishlagan[7].1984-yilda u Reagan/Bush moliya qoʻmitasining Ijro qoʻmitasining aʼzosi boʻlib ishlagan[7].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Advisors to Trump, May 15, 2017da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: May 15, 2017
- ↑ "It's the Economy". University School Alumni Journal: Back Cover. May 2018.
- ↑ Koba, Mark „The Laffer Curve: CNBC Explains“. www.cnbc.com (2011-yil 22-sentyabr). 2019-yil 29-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ Tankersley, Jim. „Arthur Laffer has a never-ending supply of supply-side plans for GOP“ (2015-yil 9-aprel). 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ „FBN TV Personalities“ (en-US). Fox Business. 2022-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ „Arthur Laffer Is a Man with All the Reasons for a Big Tax Cut“ (en). PEOPLE.com. 2022-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 „Arthur B. Laffer, PhD“ (en-US). Evidence Care. 2021-yil 29-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-yanvar.