Artur Quaresma
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Artur da Silva Quaresma | ||
Tavallud sanasi | 27-iyun 1917-yil | ||
Tavallud joyi | Barreiro, Portugal | ||
Vafot sanasi |
2-dekabr 2011-yil (94 yoshda) | ||
Vafot joyi | Barreiro, Portugaliya | ||
Ampluasi | hujumchi | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Nacional Barreiro | |||
Sport Lisboa e Barreiro | |||
1933–1935 | Barreirense | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1935–1936 | Barreirense | ||
1936–1948 | Belenenses | 171 | (75) |
1949–1950 | Elvas | 4 | (1) |
Milliy terma jamoa | |||
1937–1946 | Portugal | 5 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
1948–1949 | Belenenses | ||
1968–1969 | Braga | ||
1976–1978 | Rio Ave | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Artur da Silva Quaresma (1917-yil 27-iyun – 2011-yil 2-dekabr) – portugaliyalik futbolchi, hujumchi sifatida toʻp surgan.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Setúbal viloyatining Barreiro shahrida tugʻilgan Quaresma ikkinchi diviziondagi mahalliy F.C. Barreirense klubida futbol oʻynashni boshlagan. 1936-yilning yozida Quaresma Primeira Ligada ishtirok etuvchi C. F. Os Belenenses klubiga oʻtgan va u yerda keyingi 13 mavsumni oʻtkazgan. Shu bilan birga, Quaresma mashgʻulotlardan soʻng elektrik boʻlib ham ishlagan[1].
Quaresma 1945—1946-yillarda Lissabon shahrida joylashgan Barreirense klubi tarkibida 22 ta oʻyinda maydonga tushgan va 14 ta gol urgan. Barreirense klubi 1945-46-yilgi mavsumda oʻzining birinchi va yagona chempionligini qoʻlga kiritgandi. Quaresma 1948-yil 5-oktyabrda, 30 yoshida, Sporting CP klubiga qarshi soʻngi oʻyinda (4-1) 2 ta gol urdi va futbolchilik faoliyatini yakunladi. Quaresma 1948-yilgi mavsumda Barreirense klubining bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritib, klubni uchinchi oʻringa olib chiqdi. Keyingi yillarda Quaresma yoshlar jamoalari bilan ishladi[1][2].
Milliy terma jamoadagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quaresma Portugaliya milliy terma jamoasi safida sakkiz yil davomida beshta oʻrtoqlik uchrashuvida ishtirok etdi. Quaresma 1937-yil 28-noyabrda Ispaniyaga qarshi oʻtkazilgan oʻyinda (Vigoda 2:1 hisobida gʻalaba) debyut qildi. Oʻsha oʻyindan oldin Quaresma hamda jamoadoshlari Mariano Amaro, João Azevedo va José Simões fashistlar usulida salom berishdan bosh tortishdi, keyinchalik esa PIDE (Portugaliya xavfsizlik agentligi) tomonidan soʻroqqa tutildilar[3][4].
Shaxsiy hayoti va vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quaresma 2011-yil 2-dekabrda, 94 yoshida oʻzining tugʻilgan shahri Barreiroda hayotdan koʻz yumdi. Koʻplab ommaviy axborot vositalari uni Portu futbol klubida yakka va jamoaviy muvaffaqiyatlarga erishgan hamda milliy terma jamoa safida oʻynagan boshqa futbolchi Ricardo Quaresmaning katta amakisi deb xabar berdi. Keyinchalik Ricardo bu maʼlumotni inkor qildi, biroq Ricardo Quaresmani „hayotdagi qiyinchiliklarni yengib oʻtishda ilhom manbai“ deb taʼrifladi[3][5].
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Belenenses
- Primeira Liga: 1945—1946
- Taça de Portugal: 1941—1942; 1939—1940, 1940—1941, 1947—1948
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 „A conquista do Campeonato de 1945/46“ (pt). Os Belenenses Blogspot (2009-yil 26-may). Qaraldi: 2012-yil 10-mart.
- ↑ „Faleceu Artur da Silva Quaresma – Barreiro | Internacional e campeão nacional pelo FC „Os Belenenses““ (pt). Rostos (2011-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 7-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Morreu Artur da Silva Quaresma antigo internacional português“ (pt). Público (2011-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 6-may.
- ↑ De Melo, Afonso. „Portugal-Espanha. "Franco! Franco! Franco! Salazar! Salazar! Salazar!"“ (pt). i (2018-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-may.
- ↑ „"O Artur Quaresma não é da minha família, mas é irmão de todos nós"“ (pt). O Jogo (2020-yil 7-may). Qaraldi: 2020-yil 8-may.