Kontent qismiga oʻtish

Aruna Beth Abrams

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aruna
Tavalludi Aruna Beth Abrams[1]
1975-yil 16-yanvar
Janrlar Trance, progressive house
Kasbi Qo'shiqchi, musiqa yozuvchi, DJ
Leybllar Enhanced Music, Armada Music, Anjunabeats, Black Hole, Monstercat
Fuqaroligi AQSh
Veb-sayt http://www.arunamusic.com

Aruna Beth Abrams(1975-yil 16-yanvar)[2] Amerikalik qo'shiqchi, musiqa yozuvchi, DJ, produser va pianist[3]. U 2007-yildan beri mashhur raqsbob qoʻshiqlar aytuvchi xonanda sifatida tanilgan boʻlsada, 2011-yildan boshlab DJ va oʻz qoʻshiqlarining produseri boʻlib ishlagan[4]. U AQSHning Los Angeles, California shtatlarida yashagan[5].

Yoshligi va ilk faoliyat yillari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klinik farmasevtika tadqiqotchisi Beatrice va Larry S. Abramsning qizi Aruna New Jersey shtatining Flemington shahrida ulgʻaygan[6][7]. Uning hindchada „quyosh chiqishi“ maʼnosini anglatuvchi ismi hindistonlik choʻqintirgan otasi tomonidan qoʻyilgan[8]. U boshlanishida klassik fortepianoni, keyinroq jazz improvizatsiyasini oʻrgangan[9] va keyinchalik oʻz shahrini tark etib, Bostondagi Berkli musiqa kollejida pianino, shuningdek, filmlar yozish va elektron musiqa yaratishni oʻrganadi[10]. 1996-yilda u „progressiv metall“ yoʻnalishida ijod qiluvchi Cynic guruhi aʼzolari bilan birgalikda „Portal“ loyihasi ustida ishlagan va bu loyihaga qoʻshiqchilik va pianinochilik qilish orqali oʻz hissasini qoʻshgan[11][12]. 2012-yilda esa bu loyiha natijasi sifatida Cynic nomi ostida The Portal Tapes musiqa albomi ommaga taqdim etiladi va muxlislar tomonidan iliq kutib olinadi[13]. Abrams Berklee musiqa kollejidagi musiqa yaratish, audio tahrirlash va ovoz dizayni boʻyicha kurslarni tamomlaydi[14] va u bu kollejni 2002-yilda tugatadi[15][16].

U ulgʻaygani sari koʻproq 70-80- yillarning pop musiqalariga qiziqa boshlagan[9]. U birinchi ish faoliyatini Bostondagi mahalliy qahvaxonalarda akustik qoʻshiqchi, qoʻshiqnavis sifatida chiqishdan boshlaydi[17]. Dastlab u Alen Mallet va Kevin Killen tomonidan yaratilgan „ Broken Circles“ uch musiqadan iborat demosini yozib oladi[18]. 2000-yilda esa u The Girls Room Tourda vitrinaning Boston shousi ochilish marosimida „morosimni ochib beruvchi musiqachi“ sifatida tanlangan[19].

Kollejni tugatgach, Abrams Los-Anjelesga koʻchib oʻtadi. 2004-yilda oʻzi yozgan va oʻzi bastalagan birinchi toʻliq metrajli „Running Red Lights“ albomini chiqaradi. Aruna estrada qoʻshiqchisi va qoʻshiq muallifi sifatida faoliyatini davom ettirar ekan, uning bir qator qoʻshiqlari MTV va Laguna Beach shoularida, The Hillsda namoyish etilishi orqali muvaffaqiyatga erishadi[17]. Uning 2006-yildagi eng katta muvaffaqiyatlari esa Miley Cyrus nomi ostidagi „I Got Nerve“ albomining Billboard jurnalida 1-oʻrinni egallashi, Hannah Montana: Season One soundtrackining[9][20] esa Billboard Hot 100 reytingida 67-oʻrinni egallashi boʻldi[21].

EDM vocal va musiqa yozishdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2006-yilda Aruna yaqinda raqsda hamkorlik qilishni boshlagan menejeri Stuart Squires bilan Myspaceni yaratadi[14] Olti oydan soʻng Abrams The Thrillseekersga qiziqa boshlaydi va shu orqali EDM dunyosiga „Waiting Here For You“ treki orqali ilk qadamini tashlaydi [9]. Shu bilan birga u boshqa translarda Cosmic Gate, ATB, Ronski Speed va Roger Shahda ham faoliyat yuritadi[22]. Mark Eteson bilan birgalikda u 2010-yil 25-oktabrda Anjunabeats nomi ostida „Let Go“[9] musiqasini yozadi va keyinchalik 8-jildli Volume 8 kompilyatsiyasini ham xuddi shu nom ostida ommaga taqdim qiladi[23]. Ikki yildan soʻng esa Ferry Corsten bilan birgalikda „Live Forever“ nomli yakkaxon musiqasi ustida ishlaydi va WKND nomli albomiga kiritadi[24][22].

  1. BMI entry, (accessed December 7, 2014).
  2. Result on the familysearch.org website that lists her date of birth, (accessed December 7, 2014)
  3. „12 Stunning Female Vocalists Electrifying EDM“ (en-US). EDM | Electronic Music | EDM Music | EDM Festivals | EDM Events (2016-yil 19-fevral). Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  4. Fernández, Candice. „Meet Aruna: the trance artist breaking into drum & bass“ (en-US) (2017-yil 11-yanvar). 2017-yil 29-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 19-yanvar.
  5. „Aruna Abrams“. allmusic. Qaraldi: 2012-yil 23-oktyabr.
  6. Wagner, Chuck. Central High January '59 211th Class—50th Reunion. Philadelphia: Reunion Committee, 2009 — 7-bet. 
  7. Larry S. Abrams (Wayback Machine saytida December 9, 2014, sanasida arxivlangan) listing on Biomedexperts.com, (accessed December 6, 2014)
  8. Joy, Marcie „Marcie's Lyric Picks Vol. 6: What's in a name?“. Marcie Speaks (2010-yil 1-avgust).
  9. 9,0 9,1 9,2 9,3 9,4 Samartano, Angela „Music Monday : Aruna“. hautenyc.com (2010-yil 6-dekabr).
  10. Killian, Curtis „Podcast: Aruna '02“. berklee.edu. Berklee College of Music (2014-yil 26-noyabr).
  11. Prokofiev, Dane „Cynic To Release Early Portal Demos This March“. metalinjection.net. Metal Injection LLC (2012-yil 12-yanvar).
  12. Discogs.com entry for The Portal Tapes, (accessed December 7, 2014).
  13. Bandcamp (Wayback Machine saytida 2012-05-15 sanasida arxivlangan) listing for the Portal Tapes compilation album, (accessed December 7, 2014).
  14. 14,0 14,1 Holland, Will „On The Sofa With Aruna“. EnhancedMusic.com. Enhanced Music Ltd. (2014-yil 13-oktyabr).
  15. Listing under 1999 Berklee Today a – Alumnotes, (accessed December 7, 2014)
  16. „Aruna | Berklee College of Music“ (en). www.berklee.edu. Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  17. 17,0 17,1 SoundClick artist: Aruna listing and interview, (accessed, December 7, 2014).
  18. „IUMA:Aruna“. Internet Underground Music Archive. Qaraldi: 2014-yil 14-fevral.
  19. Laban, Linda „Lilith fare - The Girls Room Tour“. bostonphoenix.com. Phoenix Media (2000-yil 27-iyul). 2014-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  20. Schaitel, Matt "MyStro" „The Chronicles || ARUNA [– The Person“ (en-US). EDM Identity (2017-yil 23-iyun). Qaraldi: 2020-yil 8-dekabr.
  21. „The Hot 100 Chart“. Billboard. Qaraldi: 2020-12-21.
  22. 22,0 22,1 Grimalda, Matthew „Exclusive: Aruna Interview“. Mixjunkies.com (2012-yil 27-avgust). 2014-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
  23. Listing on Discogs.com for the Let Go release, (accessed December 7, 2014).
  24. Allmusic.com entry for WKND, (accessed December 8, 2014).

Qoʻshimcha manbalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]