Arxangel Mixail ibodatxonasi (Buxoro)
{{{yapı_adı}}} | |
---|---|
Temel bilgiler | |
Meʼmor | |
Xususiyatlari |
Arxangel Mixail cherkovi — Buxoro shahrida joylashgan Rus pravoslav cherkovining Markaziy Osiyo metropolitan okrugiga qarashli bo'lgan Toshkent va Oʻzbekiston yeparxiyasining hozirgi pravoslav cherkovi hisoblanadi.
Ibodatxona 1860-yilda tashkil etilgan[1]. Ikkinchi ibodatxona va qo'ng'iroq minorasi 1875-yil mart oyida tashkil etilgan[1], 1875-yil 21-noyabrda A. Benoisning chizgan eskizi bo'yicha qurilgan[1]. 1875-yil 21-noyabrda muqaddas qilingan ibodatxona[1],1929-yilga kelib faoliyatini to'xtatgan[2], qo'ng'iroq minorasi esa 1931-yilga kelib buzib tashlandi[2],1992-yilda ibodatxona qayta tiklanib,faoliyatini boshladi[2], "Muqaddas bosh farishta Mikoil[3]'' sharafiga bag'ishlangan, 300ta ibodat qiluvchular uchun mo'ljallangan[3], davlat boshlig'i buyurug'igan asosan ibodatxonaga ruhoniy tayinlandi (shuningdek, rohiba-rohibalar va qo'ng'iroqchi ham tayinlandi; ma'lumotlar 1930-yil uchun berilgan)[1], 21-noyabrda patronal bayram [2] .
Birinchi ibodatxona haqida batafsil ma'lumot - Sankt-Aleksandr ibodatxonasida berib o'tilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1860-yilda Buxoroning chekkasida joylashgan koʻchmanchilar qishlogʻiga rus pravoslav xristianlari kela boshladi va ibodat qilishlari uchun yogʻochdan cherkov qura boshladilar. Sankt-Aleksandr cherkovi (ehtimol Nevskiy) muqaddaslangan va u o;z nomiga ega bo'lgan. 1872-yilga kelib ibodatxona yong'in tufayli jiddiy zarar ko'rdi.
Ibodatxona yong'in tufayli zarzr ko'rgandan keyin 1875-yilda Buxoroga quruvchilar va askarlar olib kelindi va ularning yordami bilan yangi cherkov binosi qurildi - bu safar cherkov yog'ochdan emas aksincha pishirtirilgan g'ishtdan foyalanilgan edi. Turkiston o'lkasidagi barcha ibodatxonalar singari, u ham namunaviy ko'rinishga ega bo'ldi.
Bu ibodatxona dastlab vaqtlarda Temur harbiy okrugi, soʻngra Samarqand harbiy okrugi tarkibida boʻlib kelgan, keyinchalik Turkiston yeparxiyasi boshqarmasi tasarrufida boʻlgan va “Samarqand harbiy qoʻmondoni maʼmuriyati qoshidagi cherkovi”, mahalliy harbiy ibodatxona hisoblangan bo'lib,1992-yildan "Muqaddas Archangel Maykl cherkovi" sifatida nom qozongan.
1929-yilga kelib bu ibodatxona ham yopilib, xuddi Samarqand, Termiz va boshqa shaharlarda bo'lgani kabi omborxonaga aylantirildi.
1931-yilda inqilobiy hokimiyat qarori bilan alohida qo'ng'iroq minorasi buzib tashlandi. Uning balandligi 5 metr edi va minorada 5 ta katta qo'ng'iroq osilgan bo'lib, ularning eng kattasi Archangel Maykl deb nomlangan edi.
Yuqorida aytilganlarning barchasi Kogon shahrida (sobiq Yangi Buxoro) joylashgan bo'lib, hozirda faoliyat ko‘rsatmay kelayotgan Ibodatxonaga taalluqlidir.
1992-yilda ibodatxona imonlilarga topshirildi, u joylar muqaddas qilindi va qayta tiklash ishlari boshlandi. Ikonostaz va cherkov anjomlari qisman parishionerlar tomonidan saqlanib qolgan. Ikonostazning markazida halokatdan qutqarilgan piktogrammalar mavjud bo'lgan.
Ibodatxona ko'rkam qilib bezatilgan ikonostaz va cherkov anjomlari mavjud edd. Ibodatxonaning ichki qismi xoch shaklida qilib yasalgan. Cherkov bir necha xonalarga bo'lingan: qurbongohli xonasi, ibodat xonasi, ruhoniylar turar joyi va oshxona kabilarga bo'lingan. ibodatxonaning orqasida hovlisida vaqtinchalik qo'ng'iroq minorasi saqlanib qolingan.
Qabristonda 2000-yillarning boshlarida cherkovda xizmat qilgan protoreys Viktor Mixaylovichning dafn etilgan qabri bor edi. Boshqa qabristonda ko'proq dafn etilgan, ammo, afsuski, ularning nomlari saqlanib qolinmagan.
Bugungi kunda ibodatxonada xizmatlar turli turdagi xizmatchilar ishlab keladi, xizmatchilar ish kunlarida unchalik ko'p kelmaydi ko'pi bilan - 20 kishi, bayram kunlari esa- 30-35 kishi ishlasi mumkin. Xizmatni ruhoniy Leonid Petrov boshqaradi.
Ibodatxonada asosan piyoda yoki taksida borish mumkin.
Albomlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1860-yildan Avliyo Aleksandr cherkovi (Buxoro yaqinidagi aholi punkti). | Archangel Maykl cherkovi (shahar, Buxoro) 1880-yil. | Ikonostaz. | Kirish. | Qo'ng'iroqlar. |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Pochta kartalaridagi ibodatxonalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Pochta varaqasi. Surat muallifi noma'lum. Suratda aytilishicha: Buxorodagi Archangel Mayklning qo'ng'iroq minorasi bilan cherkov . Anonim nashriyot. 1911-yil Surat tiklanmadi.
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fotosurat va tavsif bilan buklet. Ivanov An. A. – Rossiya Turkistonining shahar va qishloqlariga sayohatlar. Qishloq va shaharlar, jami 100 ga yaqin fotosuratlar va 154 ta matnlar oʻrganilib, suratga olindi . Sankt-Peterburg, 1910-yil.
- Kitob. Ivanov An. A. - Tamerlan harbiy okrugi tarixi . Qo‘qon, 1911-yil.
- Kitob. Karavaev F. B. - O'tmishda va hozirgi paytda och dasht. Och dashtning hududi juda katta edi . Petrograd, 1914-yil.
- Kitob. Golenberg B. A. - Turkiston o'lkasining qadimiy ibodatxonalari . Toshkent, 2011-yil.
- Kitob. Ruzaev B. A. - "O'zbekiston cherkovlari tarixi . Toshkent, 2014-yil.