Arxealogiya fani tadqiqot turlari va ish uslubi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arxeologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Arxeologiya — (yer usti arxeologiyasi) uzoq yillar davomida yer qariga ko‘milib ketgan yodgorliklarni qazib o‘rganadi. Inson tomonidan yaratilgan turur-joy qoldiqlari(shahar, qishloq, qal’a, karvonsaroylar, ibodatxonalar, qo‘rg‘onlar va h. k.), odamlar yashagan g‘or va makonlar, manzilgohlar, ungirlarni o‘zining ish uslubida qazib o‘rganadi. Uning ish uslubi metodologik jihatdan 3 qismdan iborat. Ular: arxeologik qidiruv, sinov, qazish ishlari. Ularning vazifasi yodgorlikni topish, hamda, paydo bo‘lgan, yashagan, inqirozga uchragan davrlarini hamda boshqa xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir.

Arxeologik qidiruv[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologik qidiruv - ilmiy tadqiqotning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda tadqiqotchi yoki ilmiy guruh kishilik jamiyatining tarixining maʼlum muammosi yechimiga qaratilgan masala bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borib, mazkur davrga oid yodgorliklarni qidirib topish bilan yakunlanadi. Agar masala paleolit davri tarixi bilan bog‘liq bo‘lsa, unda tog‘ oldi va tog‘ hududlari tekshirilib, g‘orlar yoki buloqlar atroflarida qidiruv ishlari olib boriladi. Mezolit va neolit davrlariga oid makonlar esa tog‘li hududlar bilan birgalikda pastekisliklar keng tarqalganligi sababli ushbu hududlardan izlash mumkin. Shuningdek, tog‘li hududlarda qadimgi konlarning o‘rni va konchilarning manzilgohlarini uchratish mumkin. Qadimgi va o‘rta asrlar davrlariga oid ko‘hna shahar va qishloq xarobalari esa yer yuzining barcha hududlarida mavjud.

Sinov[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologik tadqiqot ishlarining ikkinchi bosqichida yodgorlik haqida maʼlumotlar to‘planadi. Birinchi, navbatda yodgorlik taponimi va u bilan bog‘liq afsonalar to‘g‘risida so‘rab surishtirilish bilan birgalikda yuza qismida saqlanib qolgan moddiy ashyolar ilmiy tahlil qilinib, dastlabki xulosalar yasaladi. Ulardan keyin yodgorlikning davri va uning bosqichlari, madaniy qatlamlari to‘g‘risida umumiy maʼlumotga ega bo‘lish maqsadida yodgorlikning bir qismida shurf qaziladi. „Shurf“ nemischa so‘z bo‘lib, qazimoq, degan maʼnoni anglatadi. Shurf kvadrat yoki to‘g‘ri to‘rtburchak shaklidan iborat bo‘lib, tomonlari ikki va undan ortiq hatto o‘n metrdan ortiq bo‘lishi mumkin.

Qazish ishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oxirgi bosqichida yodgorlikda keng ko‘lamli qazishma ishlari olib boriladi. Har qanday stratigafik qazish ishlari yodgorlikning materik, yaʼni yerning soz tuproq qismiga qadar qazib tushiladi. Ayrim hollardagina planigrafik qazish ishlari olib borilishi mumkin. Planigrafik qazishma ishlari maʼlum davrga oid inshootlarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, ko‘pincha yodgorlikning yuqoridagi madaniy qatlamlarini o‘rganishda foydalaniladi. Madaniy qatlamlarda insoniyatning turmushi tarzi, xo‘jalik va g‘oyaviy faoliyatlari izlari saqlanib qolgan. Bu qatlamlar yillar, asrlar davomida asta-sekin to‘planib boradi. Arxeologik yodgorliklarda bir yoki bir necha o‘nlab madaniy qatlam mavjud bo‘lib, ularning qalinligi bir necha santimetrdan 30-35 metrlargacha bo‘lishi mumkin. Bu esa ushbu manzilgohda kishilar hayot faoliyatiniing davomiyligi bilan bog‘liq. Arxeolog olimlar barcha turdagi tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida qilingan kundalik tadqiqot ishlari natijalarini qayd qilib boradilar. Arxeologik dala tadqiqot ishlari natijasida to‘plangan barcha turdagi ashyoviy manbalar tadqiqot ishlarini amalga oshirgan muassasa ilmiy laboratoriyasida qayta ishlanadi. Dastlab topilmalarni muhofazalash va tiklash ishlari bajariladi. Keyin ular turlar bo‘yicha ajratilib, ilmiy tahil etiladi va qazishma ishlari davomida Yozma qaydlari bilan umumlashtirilib mazkur yodgorlikning maʼlum hudud tarixida tutgan o‘rni masalalarini yoritib berish bilan ilmiy tadqiqot ishlari yakuniga yetkazilib, ularning tafsilotlari bo‘yicha tadqiqotchi tomonidan tegishli ilmiy muassasaga yozma hisobot beradi. Arxeologik qazishmalar arxeologik qidiruv va sinov natijasida to‘plangan maʼlumotlarga tayanib, mazkur joylarda yodgorlikni batamom qazib tugatishdan va yodgorlik haqida xulosa chiqarishdan iborat bo‘ladi

Suv osti arxeologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yerning geografik, geologik, iqlimiy o‘zgarishlar natijasida suv tubida qolib ketgan turar joy qoldiqlari (Qora dengiz, O‘rta yer dengizi) va suvga g‘arq bo‘lgan kemalar qoldiqlarini o‘zining ish uslubi orqali tadqid etadi. Suv osti arxeologiyasi nihoyatda og‘ir tadqiqot turi hisoblanib, uning ish uslubi suv tubiga shung‘igan holda qazuv va tozalash ishlarini olib boradi. Arxeologiyada tadqiqotlar metodlar, ashyolari, geografik joylashuv vxronologiyasi hususiyatlariga qarab bir necha anʼanaviy fan tartiblariga bo‘linadi. Bular:

1. Sivilizatsion arxeologiya — Ossurshunoslik (Mesopotamiya), Klassik arxeologiya (Yunoniston va Rim), Etruskshunoslik (Etruriya), Misrshunoslik (Misr) va h. k.

2. Tarixiy arxeologiya — Tarixiy arxeologiya (historical archaeology) — yozuv sistemasining paydo bo‘lgandan keyingi davr arxeologiyasi, Yozuvgacha bo‘lgan arxeologiya (prehistoric archaeology) — yozuv sistemasi paydo bo‘lgungacha bo‘lgan arxeologiya, Prototarixiy arxeologiya (protohistoric archaeology) — yozma manbalar cheklangan hududar arxeologiyasi. Masalan Alyaska, Shimoliy Kaliforniya 1011 va h.k. hududlar.

3. Xronologiyaga asoslangan arxeologiya — Sanoat arxeologiyasi — sanoat revolyusiyasi davri arxeologiyasi, Yaqin Sharq arxeologiyasi (ayrim adabiyotlarda O‘rta Sharq arxeologiyasi, Bibliya arxeologiyasi deb yuritiladi) yahudiy va xristian dini haqidagi arxeologiya, O‘rta asrlar arxeologiyasi — 4 asrdan — 16 asrgacha bo‘lgan davrlarni qamrab oladi. So‘ngi o‘rta asrlar arxeologiyasi — 16 asrdan 20 asrlarni qamrab olgan arxeologiya, Zamonaviy arxeologiya — 21 asr arxeologiyasi7 .

4. Boshqa turdagi arxeologiya fanlari sohalari.

Fazoviy arxeologiya — arxeologik yodgorliklarni fazodan turib tadqiq etish turi.

Arxeologik buyumshunosligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Arxeologiyaning har bir arxeologik davrga oid buyum va jihozlarni o‘rganadigan sohasi. Har bir buyumning o‘ziga xos kelib chiqish va taraqqiyot tarixi bor. Hozirgi kunda ishlatilib turgan buyumlar (pichoq, kozon, piyola, kosa) ibtidoiy zamonlardan boshlab necha bosqichlarni o‘tib, so‘nggi holatida bizga yetib kelgan. Har bir tarixiy davr va bosqichning buyumlar

majmuasi arxeologiya fanida oydinlashadi. Shuning uchun har bir davrning buyum va jihozlarini o‘rganishda Arxeologik 6uyumshunosligining ahamiyati katta.

Antrokologiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

(Anthracology) — toshko‘mir qoldiqlari bilan shug‘ullanuvchi arxeologiya.

Arxeometriya (Archaeometry) — ilmiy metodologik davrlashtirish yoki arxeologik metodolokiya, masalan, radiokarbon davrlashtirish, statistika va masofaviy sanoq va h.k.

Arxeozoologiya — yodgorliklarda hayvon suyak qoldiqlarini o‘rganuvchi arxeologiya.

Arxeobotanika yoki paleobotanika — yodgorliklarda madaniy o‘simliklar qoldiqlarini tadqiq etuvchi arxeologiya.

Jang maydoni arxeologiyasi (Battlefield archaeology) — qadimgi janglar o‘tgan maydonlarni tadqiq etuvchi arxeologiya.

Kompyuter arxeologiyasi — arxeologik manbalarni kompyuterda qayta ishlash arxeologiyasi. Asosan arxeologiyada GIS (Geografik informasion sistemasi) ishlari bunga misol bo‘ladi.

Eksperemental arxeologiya — qadimgi davr moddiy madaniyat ashyolarini yasalish texnologiyasini qayta o‘zlashtirish arxeologiyasi. Masalan. Ibtidoiy jamiyat tosh qurollarini yasash va h. k.

Sud arxeologiyasi — arxeologik qazuv metodlarini qo‘llagan holda jinoiy ishlarni ochish arxeologiyasi. Asosan harbiy va jinoiy ishlarda qo‘llaniladi.

Landshaft arxeologiyasi — arxeologik yodgorliklar joylashgan hudud yer tuzilishini o‘rganadi.

Osteologiya — suyaklar ustida ilmiy tadqiqot ishlarini olib boradi.

Paleopotologiya — odamlar va hayvonlar orasidagi qadimgi kasalliklar ustida tadqiqot ishlarini olib boradi.

Adabiyotlar Roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

ARXEOLOGIYA. Z. M. Qodirov. T. 2021.Y