Kontent qismiga oʻtish

Arxeologiya yodgorliklari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Arxeologiya yodgorliklari — arxeologik tadqikotlarning ob’ekti boʻlib xizmat qiluvchi, yerning usti va ostida saqlanib qolgan qadimgi inshootlar va buyumlar. Arxeologiya yodgorliklari moddiy tarixiy man-balar boʻlib, ularni oʻrganish bilan kishilik jamiyatining oʻtmishi yoritiladi. Arxeologiya yodgorliklari kishilik tarixining yozma tarixga-cha boʻlgan eng qadimgi davrini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Arxeologik davrlar boʻyicha Arxeologiya yodgorliklari quyidagi turlarga boʻlinadi: 1) tosh davri yodgorliklari; 2) jez davri yodgorliklari; 3) antik davr yodgorliklari; 4) qadimgi mudofaa insho-otlari; 5) qadimgi suv inshootlari; 6) qadimgi Mozor-moʻla va oʻbalar; 7) qadimgi meʼmorlik yodgorliklari; 8) qadimgi hujjatlar; 9) oʻrta asr shahar va rabotparnnnng harobalari; 10) zargarlik buyumlari va qadimgi pullarning xazinasi; 11) qadimgi va oʻrta asr pullari, turli arxeologik topilmalar.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil