Kontent qismiga oʻtish

Arxitekturniye pamyatniki Ferganskoy dolini

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Arxitekturniye pamyatniki Ferganskoy dolini
Asl nomi ruscha: Архитектурные памятники Ферганской долины
Muallif(lar) Iskandarbek Azimov
Muharrir(lar) R. Avanesov
Mamlakat SSRI
OʻzSSR
Til ruscha
Janr(lar)i ilmiy nashr
Nashr etilgan sanasi 1982-yil
Nashriyot Oʻzbekiston
Sahifalar soni 72

Arxitekturniye pamyatniki Ferganskoy dolini (ruscha: Архитектурные памятники Ферганской долины) — Oʻzbekistonning Fargʻona vodiysidagi meʼmoriy yodgorliklar toʻgʻrisida ilk qoʻllanma (yoʻlkoʻrsatkich). 1982-yil Toshkent shahrida „Oʻzbekiston“ nashriyotida chop etilgan[1].

Ilmiy nashr muallifi — Iskandarbek Azimov, masʼul muharrir — Galina Pugachenkova. Kitobni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etishgan: R. Avanesov – muharrir, V. Voronov – rassom, A. Saibnazarov – rasmlari muharriri, V. Demchenko – texnik muharrir, O. Savateyeva – musahhih. Kitob adadi – 8 000 nusxa[1].

Muallif kitobda, Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi asl xalq meʼmorchiligi toʻgʻrisida fikr yuritibgina qolmay, u ushbu hududda kam oʻrganilgan meʼmoriy merosni yoritib beradi va ilgari oʻrganilmagan, bir qator yangi yodgorliklarni oʻquvchilar eʼtiboriga havola etadi[1].

Kitob Markaziy Osiyoning meʼmoriy merosiga qiziquvchilar uchun moʻljallangan[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 Азимов 1982.
  • Азимов И Архитектурные памятники Ферганской долины — Узбекистан. — Т., 1982. — P. 72.