Kontent qismiga oʻtish

Asadulla Maʼrupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Asadulla Ikromovich Maʼrupovdan yoʻnaltirildi)
Asadulla Ikromovich Maʼrupov
Fayl:Асадулла Икрамович Магрупов.jpg
Tavalludi 30-oktyabr 1910-yil
Toshkent
Vafoti 29-oktyabr 1965-yil
Sohasi patolog-anatom
Taʼlimi Toshkent tibbiyot instituti
Mukofotlari Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor
O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi

Asadulla Ikromovich Maʼrupov (1910.30.10 — Toshkent — 1965.29.10) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari doktori (1949), professor (1950). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach, patologik anatomiya kafedrasida aspirant (1936—40), assistent (1940—43), dotsent (1943—50), professor (1950-51). SamTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri (1951—58), Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi professor (1958—65), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor. Oʻzbekistonda Joylangar ense-faliti, poliomiyelit, trixodesmotoksikoz patologik anatomiyasini, gemorragik isitmada nerv sistemasidagi oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston sharoitida aterosklerozning oʻtish xususiyatlarini oʻrgangan. Oʻzbekistonda patolog-anatomlar jamiyatining tashkilotchilaridan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil