Asadulla Maʼrupov
Asadulla Ikromovich Maʼrupov | |
---|---|
Fayl:Асадулла Икрамович Магрупов.jpg | |
Tavalludi |
30-oktyabr 1910-yil Toshkent |
Vafoti |
29-oktyabr 1965-yil |
Sohasi | patolog-anatom |
Taʼlimi | Toshkent tibbiyot instituti |
Mukofotlari |
Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor O'zbekiston SSRda xizmat ko'rsatgan fan arbobi |
Asadulla Ikromovich Maʼrupov (1910.30.10 — Toshkent — 1965.29.10) — patolog-anatom, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1960), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1950), tibbiyot fanlari doktori (1949), professor (1950). Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgach, patologik anatomiya kafedrasida aspirant (1936—40), assistent (1940—43), dotsent (1943—50), professor (1950-51). SamTI patologik anatomiya kafedrasi mudiri (1951—58), Toshkent tibbiyot akademiyasi patologik anatomiya kafedrasi professor (1958—65), ayni vaqtda ilmiy ishlar boʻyicha prorektor. Oʻzbekistonda Joylangar ense-faliti, poliomiyelit, trixodesmotoksikoz patologik anatomiyasini, gemorragik isitmada nerv sistemasidagi oʻzgarishlarni, Oʻzbekiston sharoitida aterosklerozning oʻtish xususiyatlarini oʻrgangan. Oʻzbekistonda patolog-anatomlar jamiyatining tashkilotchilaridan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 30-oktyabrda tugʻilganlar
- 1910-yilda tugʻilganlar
- 29-oktyabrda vafot etganlar
- 1965-yilda vafot etganlar
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari
- Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan shifokorlar
- Oʻzbekistonlik shifokorlar