Kontent qismiga oʻtish

Asalari Apis avlodi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Apis cerana

Apis asalarining vatani Afro-Yevrosiyo materikidadir. Asalarilar butun Afrika va Yevroosiyoda tabiiy ravishda tarqalgach, odamlar asalarilarning hozirgi kosmopolit tarqalishiga mas'ul bo'lib, Janubiy Amerikaga (16-asr boshlari), Shimoliy Amerikaga (17-asr boshlari) va Avstraliyaga (19-asr boshlari) bir nechta kichik turlarni kiritganlar. Asalarilarning Apis avlodi quyidagi 4 turga boʻlinadi:

1.Hindiston yirik asalarisi (Apis Dorzata) Hindistonda keng tarqalgan boʻlib, ishchi arilari tanasining uzunligi 18mm, erkak arisiniki esa 16mmga yetadi. Ona arilar tanasining kattaligi ishchi arilarnikiga oʻxshash boʻlib, ular daraxt daraxt shoxlarida tepadan pastga qarab tik tushgan uzunligi 2m, kengligi 0,6m keladigan bitta katta ikki yoqlama mumkatak in yasaydilar va bunday inchalarda 4-10kg gacha asal yigʻiladi. Bu asalarilar xoʻjalik ahamiyatiga ega emas, chunki odamlar tashlab ketgan asalari inlarini qidirib topib, asal oladilar.

2. Hindiston kichik asalarisi (Apis Florea) Hindistondan to Sumatra, Borneo, Yava orollarigacha tarqalgan. Bu Hindiston kichik asalarisi Apis avlodlari ichida eng kichigi boʻlib, ishchi arisi tanasining uzunligi 7-8mm, ona arisiniki 13mm, erkak arisiniki esa 12mmga yetadi. Ular ham daraxt shoxlarida uzunligi 26sm va kengligi 20smgacha boʻlgan mumkatak uncha quradi, oilasidagi arilar soni 4-5mingtagacha yetadi.

Apis Seranaindika

[tahrir | manbasini tahrirlash]

3.Oʻrtacha kattalikdagi Hindiston asalarisi (Apis Sera­naindika) tanasining kattaligi va xulq-atvoriga koʻra Oʻrta Osiyo asalarilariga oʻxshash, Hindistonda va Rossiya terri­toriyasining Uzoq Sharq oʻrmonlarida uchraydi. Ular uzunligi 30 sm va kengligi 25 sm boʻlgan bir nechta mumkatak inchani daraxt gʻovaklariga yoki qoyalardagi kovaklarga qurib yashaydilar. Mumkatak ramkali uyalarda ham yashaydilar, ammo ularning hayotiga odamlar aralashsa, ular uyani tash­lab uchib ketadilar. Oilani tashkil kiluvchi arilar soni va asal toʻplashi boʻyicha hozirgi asalari oilalari, yaʼni apis mellifera turlaridan keyinda turadi. Arilar soni jadal koʻpayganda ularning vazni 1,5 kg ga, bir mavsum davomida toʻplagan asal miqdori esa 25-30 kg ga yetishi mumkin.

Apis Mellifera

[tahrir | manbasini tahrirlash]

4.Arilarning Apis Mellifera avlodi va turi Antarkti­dadan tashqari hamma qitʼalarda yil davomida yirik oila boʻlib yashaydi. Asalari oilasida butun hayoti davomida mum­katak inchalarga tuxum qoʻyuvchi urgʻochi ona ari boʻlib, ona ari qoʻygan tuxumdan minglab (bahor mavsumida 15-25 ming, yoz oʻrtalarida esa 50-60 ming), uya ichida ishlovchi, mumkatak inchalarni quruvchi, oʻsimlik gullaridan sharbat va gulchang toʻplab uyaga keltiruvchi, yosh arilarni boqib, tarbiyalab yetish­tiruvchi, keltirilgan nektarni qayta ishlab qoʻriqlovchi, inchalarni tozalovchi ishchi arilar hamda faqat yoz davomida koʻpayib yashovchi bir nechta yuzlab erkak arilar yetishib chiqadi.

1. „Asia’s biodiversity vanishing into the marketplace“ (Wayback Machine saytida 2012-04-07 sanasida arxivlangan) 2012-yil;

1. "Hayvonot olami" ensiklopediyasi;